Sabirov Baxtiyor Toxtaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston bentonit gillari asosida rulonli gidroizolyasion material va keramik koshinlar olish texnologiyalari», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T216.
Ilmiy maslahatchilar: Namazov Shafoat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Qodirova Zulayho Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Axtam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Tolipov Nigmat Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston bentonit gillari asosida rulonli gidroizolyasion material va keramik koshinlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston bentonit gili yangi ochilgan konlarining kimyo-mineralogik tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, jumladan, ilk bor tarkibida ishqoriy er elementlari tutgan Log‘on bentonitining yuqori haroratdagi fizik-kimyoviy jarayonlar, yangi kristall fazalar hosil bo‘lishlari, hamda uni modifikatsiyalash usullari aniqlangan;
Log‘on bentonit gilining montmorillonit - gidroslyuda shaklidagi polimineral gillar guruhiga mansubligi amalda isbotlangan;
Log‘on ishqoriy er bentonitining Na2CO3 bilan modifikatsiyalashi natijasida past qiymatli (3,1∙10-10 sm/sek) fil`tratsiya koeffisientiga ega bo‘lgan gidroizolyasion materiallarini olingan;
Log‘on bentonit gili asosidagi namunalarning gidroizolyasion xossalariga montmorillonit mineralining va modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarning ta’siri, ularning maqbul miqdorlari aniqlangan;
tarkibida kam miqdorda montmorillonit bo‘lgan bentonit gili asosidagi kuydirilgan namunalarning keramik-texnologik xususiyatlari aniqlangan;
Log‘on bentoniti, Yozyovon barxan qumi va Angren glieji asosidagi ikkilamchi va uchlamchi sistemalarida 900–1450°C harorat oralig‘ida qattiq fazali reaksiyalar natijasida yangi strukturali kristall fazalar hosil bo‘lishi aniqlangan;
Log‘on bentoniti asosidagi ikkilamchi va uchlamchi sistemalarda komponentlarning kuydirish jarayonidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari, kinetikasi, 1050–1145oS harorat oralig‘ida (mass.%) 50,9–63,1 anorit; 24,9–36,8 kvars; 17,8 al`bit va 6,3–12,8 shpinel` minerallarining kristall fazalari hosil bo‘lishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan tarkibdagi keramik materiallarning fizik-kimyoviy, texnologik va ekspluatatsiya xossalarining, ularning komponent tarkibiga va termik ishlov berish rejimlariga funksional bog‘liqligi aniqlangan;
asosiy komponent sifatida keramik omuxtalarga 20–25 mass.% miqdorida bentonit gili qo‘shilgan yangi tarkib namunalarini 1145oS haroratda tezlatilgan usulda kuydirishning maqbul texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston bentonit gillari asosida rulonli gidroizolyasion material va keramik koshinlar olish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Uzbent” rulonli gidroizolyasion materiali uchun texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TSh 64-17806977-03:2010). Mazkur texnik shart ishlab chiqarishda texnologik jarayonni tashkil etish va mahsulot sifatini texnik nazoratini tartibga solish imkonini bergan;
«O‘zbent» rulonli gidroizolyasion materiali ishlab chiqarish texnologiyasi «ART GLOSS GALLERY» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zqurilishmateriallari» AJning 2017 yil 29 dekabrdagi BB-01/03-5140-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo asosida maxsus suv inshoatlari qurilishi ehtiyojlari uchun yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni va qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish hisobiga iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
Log‘on bentonit gili asosida va boshqa mahalliy mineral komponentlardan foydalanib yangi ishlab chiqilgan keramik massalar tarkiblari «ART GLOSS GALLERY» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zqurilishmateriallari» AJning 2017 yil 29 dekabrdagi BB-01/03-5140-son ma’lumotnomasi). Natijada, bentonit gilidan nafaqat qovushqoqlikni oshiruvchi qo‘shimcha, balki yuqori haroratda boradigan pishish jarayonini jadallashtiruvchi asosiy gilli xomashyo sifatida foydalanish va xomashyoga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.