Mirzaev Otabek Abdiraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yong‘oq chaqish mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T878. 
Ilmiy rahbar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Shonazarovich, texnika fanlari doktori; Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yong‘oq chaqish mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yong‘oqning qisuvchi voronka bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar olingan va ular asosida voronkaning maqbul parametrlari aniqlangan;
sifatli mag‘iz olish jarayonini ta’minlashda yong‘oqning fizik va mexanik xossalariga bog‘liq holda zaruriy kuch qiymati aniqlangan;
voronkalarning disk bilan urilishlarini inobatga olgan holda talab etiluvchi quvvatning maqbul qiymatini aniqlash imkonini beruvchi hamda ishchi kameraning lotok ostidan o‘tish vaqtiga bog‘liq holda yong‘oqni ishchi kameraga tushish davrini ifodalovchi matematik tenglamalar ishlab chiqilgan;
barabanning aylanishlar soni hamda voronkaning qisish masofasini inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalardan foydalanib  regressiya tenglamalari olingan va ularni echish orqali mashina ishchi qismlarining maqbul parametrlari aniqlangan;
rotorli prinsipda ishlaydigan, yuqori unumdorlikga ega, sifatli mag‘iz olish jarayonini ta’minlaydigan yong‘oq chaqish mashinasining takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yong‘oq chaqish mashinasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yong‘oq chaqish qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP06093, 2020 y.). Natijada, yong‘oq mag‘izini qobig‘idan butun holatda ajratib olishga imkon beradigan yong‘oq chaqish mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Yong‘oq chaqish mashinasi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «Andijon tajriba-sinov zavodi» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 noyabrdagi 02/023-3512-son ma’lumotnomasi). Natijada, konusli qisqich, yong‘oq chaqish moslamasini va ishchi baraban ishlab chiqish, mashina tayyorlash hamda ishlab chiqilgan yong‘oq chaqish mashinasi qo‘l mehnati bilan bajarib kelinayotgan ishni 40% ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish