Hamraev Obid Axatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banklarga uzoq muddatli mablag‘larni jalb qilish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/iqt986.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Muzaffar Abdujabborovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklari uzoq muddatli resurslari bazasini mustahkamlashga xizmat qiladigan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
monetizatsiya koeffisientini bosqichma-bosqich ko‘tarish va qayta moliyalash stavkasini pasaytirish orqali banklarning uzoq muddatli moliyaviy resurslarini mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish asoslangan;
aholi o‘rtasida yutuqli depozit sertifikatlarning joriy etilishi asosida banklarning jalb qilingan moliyaviy resurslari tarkibida muddatli va jamg‘arma depozitlar ulushini ko‘paytirish asoslangan;
Markaziy bankning pul taklifi va moliyaviy muassasalar (sug‘urta tashkilotlari, jamg‘arib boriladigan pensiya fondlari) resurslari hajmini oshirish orqali banklarning passivlari tarkibida muddatli moliyaviy resurslari bazasini mustahkamlash taklif etilgan;
tijorat banklari muddatli resurslari bazasini Markaziy bankning yumshoq pul-kredit siyosatini qo‘llash orqali mustahkamlash zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Banklarga uzoq muddatli mablag‘larni jalb qilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
monetizatsiya koeffisientini bosqichma-bosqich ko‘tarish va Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini pasaytirish orqali banklarning uzoq muddatli moliyaviy resurslarini oshirish haqidagi taklifi ATB «Asaka» bank amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Asaka» bankning 2019 yil 16 dekabrdagi 19-01/84-37-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bankning banklararo resurslar bozoridan mablag‘larni jalb qilish hajmi 2020 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga ortishi bashoratlangan;
tijorat bankning depozitlari tarkibida jamg‘arma depozitlar ulushini oshirish maqsadida aholi o‘rtasida yutuqli depozit sertifikatlarni joriy etish maqsadga muvofiqligi haqidagi taklifi ATB «Asaka» bank tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB «Asaka» bankning 2019 yil 16 dekabrdagi 19-01/84-37-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning depozitlari tarkibida jamg‘arma depozitlari 2019 yil 1 oktyabrda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 8 foizga ortgan, shuningdek, 2020 yil birinchi yarimda 15 foizga etishi rejalashtirilgan.
Markaziy bankning pul taklifi va moliyaviy muassasalar (sug‘urta tashkilotlari, jamg‘arib boriladigan pensiya fondlari) resurslari hajmini oshirish orqali banklarning passivlari tarkibida muddatli moliyaviy resurslari hajmini mustahkamlash haqidagi taklifi ATB «Asaka» bank tomonidan amaliyotda qo‘llanilgan (ATB «Asaka» bankning 2019 yil 16 dekabrdagi 19-01/84-37-son ma’lumotnomasi).  Natijada, bankning moliyaviy resurslari tarkibida sug‘urta kompaniyalarining uzoq muddatli mablag‘larini 2019 yil 1 oktyabrda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 15 foizga oshirish imkonini berdi;
tijorat banklari muddatli resurslari bazasini Markaziy bankning yumshoq pul-kredit siyosatini qo‘llash orqali mustahkamlash zarurligi xususidagi taklifi ATB «Asaka» bank faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (ATB «Asaka» bankning 2019 yil 16 dekabrdagi 19-01/84-37-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning resurslari tarkibida Markaziy bankning muddatli resurslari 2019 yil 1 oktyabrda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 42 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish