Ubaydullaev Abdulfayiz Nizomovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologo-geografik uzoq duragaylash asosida mexanizatsiya terimiga moslashgan g‘o‘za navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx515.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning SP-7302 navi (№ NAR 00273). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 29 iyundagi 01-11/952-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologo–geografik uzoq duragaylash asosida hosildor, stress faktorlarga bardoshli, tola sifati jahon andozalari talablariga to‘liq javob berish bilan birga intensiv tipga mansub, ixcham shoxlanish tipiga ega bo‘lish orqali mexanizatsiya terimiga javob beradigan populyasiyalar asosida seleksion-genetik ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tur ichida ekologo-geografik va genetik uzoq duragaylash uslubi orqali yaratilgan duragaylarda xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi aniqlangan;
ekologo-geografik va genetik uzoq chatishtirish uslubi orqali yaratilgan yuqori avlod duragaylarida xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning shakllanish jarayoni aniqlangan;
g‘o‘zaning yuqori avlod duragaylari orasidan tezpishar, hosildor, tola sifati, tola chiqimi va vertisillyoz viltga bardoshliligi yuqori bo‘lgan yangi oila va tizmalari ajratib olingan;
ekologo-geografik va genetik uzoq chatishtirish uslubi orqali olingan ashyolar asosida genotipida barcha xususiyatlar mujassamlashgan, mexanizatsiya terimiga moslashgan g‘o‘zaning «SP-7302» navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologo-geografik uzoq duragaylash asosida mexanizatsiya terimiga moslashgan g‘o‘za navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
serhosil, intensiv tipga mansub o‘rta tolali g‘o‘zaning «SP-7302» navi yaratilgan. Ushbu g‘o‘za navi 2018-2019 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida o‘rganilib, yangiligi, turdoshligi, barqarorligi, farqlanishi, turg‘unligi bo‘yicha patent olishga layoqatliligi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazining 10.08.2020 yildagi T-6/01-01-384-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, «SP-7302» navini ishlab chiqarishga joriy qilish bilan barqaror yuqori hosil etishtirish imkoni yaratilgan;
yaratilgan SP-7302 g‘o‘za navi 2016-2020 yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Orifjon” yangi g‘o‘za navlarini dastlabki ko‘paytirish xo‘jaligi va PSUEAITI tajriba xo‘jaligida jami 21 ga maydonda ekib ko‘paytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 avgust 02/020-2387-son ma’lumotnomasi);
yangi o‘rta tolali «SP-7302» g‘o‘za naviga patent olingan (№ NAP00273, 20.05.2020 y.), (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 29.06.2020 y. 01-11/952-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za genofondi tola sifati yuqori bo‘lgan serhosil yangi o‘rta tolali g‘o‘za navi bilan boyitilgan.
tur ichida ekologo-geografik va genetik uzoq duragaylash hamda ko‘p martalik tanlash borasida o‘tkazilgan izlanishlar asosida o‘rta tolali g‘o‘zaning hosildor, tola sifati yuqori, tolasi IV-tipga mansub, tezpisharligi 115-120 kun bo‘lgan hamda mexanizatsiya yordamida etishtirish va terishga mos bo‘lgan yangi o‘rta tolali «SP-7302» g‘o‘za navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 02/20-2387-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rta tolali «SP-7302» g‘o‘za navini etishtirish jarayonida andoza navlarga nisbatan bir gektar maydondan 2-5 sentner yuqori hosil olishga erishilgan hamda iqtisodiy samaradorlik 275 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 15-22% ni tashkil etgan.