Duschanova Guljan Madrimbaevnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Climacoptera Botsch. (Chenopodiaceae) turkum turlari vegetativ organlarining sho‘rlanishga moslashish xususiyatlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA № 0001820/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 14.07.2016/B2016.3.V54.
Ilmiy maslahatchi: Butnik Antonina Anatol`evna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, 14.07.2016.V.15.01.
Rasmiy opponentlar: Pechenisin Vladimir Petrovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shamsuvalieva Laylya Abdraximovna, biologiya fanlari doktori, professor; Belolipov Igor` Vladimirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Climacoptera Botsch. (Chenopodiaceae) turkumi turlarini sho‘rlanishga bog‘liq holda morfogenezi, ontogenezi va vegetativ organlari anatomik tuzilishining moslashish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli sharoitlarga bog‘liq holda Climacoptera turkumi turlarining ontogenezi va morfogenezidagi turlarga xos moslanish belgilari aniqlangan;
assimilyasiyalovchi organlardagi mezofillning turli tiplari, yashash muhitiga bog‘liq holdagi ksero- va galomorf belgilarning mutanosibligi, shuningdek o‘zgargan yashash sharoitidagi bargning reaksiyasi aniqlangan;
Climacoptera turkumi turlari o‘q organlari strukturalarining shakllanishi tavsiflangan va strukturalar taraqqiyotining yo‘nalishi poyada birlamchi bog‘lamdan anomal polikambiallikka, ildizda diarxdan ikkilamchi yo‘g‘onlashishga o‘tishi aniqlangan;
turli xil ekologik sharoitlarda markaziy silindrni himoyalashda birlamchi va ikkilamchi po‘stloqning strukturaviy ahamiyati isbotlangan;
Slimasortera turkumi turlari er ustki qismida alkaloidlar miqdori va ozuqaviy qiymati aniqlangan;
Climacoptera turkumi turlari adaptatsiogenezi umumiy yo‘nalishi: o‘sishning tupbargligi, mezobaziton va baziton shoxlanganligi, krans-tuzilmali bargning sukkulentligi, poya va ildizning polikambialligi aniqlangan;
Mirzacho‘lda tarqalgan turlarda tuproq sho‘rlanishining sul`fat-xloridli tipiga oid galomorf belgilar, Ustyurtda tarqalgan turlarda esa tuproq sho‘rlanishining xlorid-sul`fatli tipiga oid kseromorf belgilar ustunlik qilishi aniqlangan;
Slimasortera turkum turlarining galomorf va kseromorf belgilari hamda ularni em-xashaklik sifatlari asosida inqirozga uchragan yaylovlar fitomelioratsiyasida foydalanishga tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Climacoptera Botsch. (Chenopodiaceae) turkum turlari vegetativ organlarining sho‘rlanishga moslashish xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Slimacoptera turkumining C. lanata, C. longistylosa, C. ferganica, C. affinis va C. intricata turlari fitomeliorant va em-xashak o‘simligi sifatida sho‘rlangan erlar uchun joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 3 oktyabrdagi 02/20-1215-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar sho‘rlangan hududlarda agrofitotsenozlar yaratishda chorvachilik uchun qimmatli em-xashak sifatida Slimacoptera turkumi turlarini hosildorligini oshirish imkonini bergan;
Slimacoptera turkumi turlarining sho‘rlanishga moslashish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti qoshidagi Umumiy botanika va o‘simliklar fiziologiyasi instituti AR 54/11-1 «Arabidopsis thalianada KAK yorug‘likni boshqaruvchi maxsus-gen eksperssiyasi va uni transkripsiya va translyasiya yordamida boshqarilishi» loyihasining ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llanilgan (Germaniya, Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti qoshidagi Umumiy botanika va o‘simliklar fiziologiyasi institutining 2015 yil 23 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar stress sharoitlarda em-xashak o‘simliklarning anatomik tuzilishi asosida ularning chidamliligini aniqlash imkonini bergan.