Mirzaeva Barno Mirkamol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak etishmovchiligi terminal bosqichida gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda renal osteodistrofiya va uning korreksiya yӯllari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib862.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpӯlatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Nadjmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali buyrak kasalligining beshinchi bosqichdagi dasturli gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda suyak tizimi demineralizatsiyasini erta tashxislash hamda osteoporozni davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak etishmovchligida gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda olti oy davomida o‘lim holatini qon, yurak, o‘pka va buyrakdagi o‘zgarishlar asosida prognozlash belgilari asoslangan;
surunkali buyrak etishmovchligida gemodializ qabul qiluvchi bemorlarga xos bo‘lgan giperparaterioz va osteoporozning og‘irligi nafaqat kal`sifikatsiya bilan, balkim yurak qon-tomir tizimining patologik ӯzgarishlar bilan ham bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali buyrak etishmovchligida gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda sevelamer yordamida asosiy suyakdagi minerallar almashinuvining buzilishini davolash tizimiga qo‘shimcha ravishda giperfosfatemiyani korreksiyalash uremik osteodistrofiyani to‘xtatib turishi isbotlangan;
giperfosfatamiyani sevelamer gidroxlorid dori vositasi yordamida to‘xtatish nafaqat tomirlarning kal`sifikatsiyasini, balkim yurak qon-tomir tizimi remodellanishi hamda uremik kardiomiopatiya jarayonini ham sezilarli darajada susaytirishi kuzatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak etishmovchiligi terminal bosqichida gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda renal osteodistrofiya va uning korreksiya yo‘llari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Surunkali buyrak kasallliklari bilan xastalangan bemorlarni olib borish taktikasi va osteodistrofiyani aniqlash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 8n-d/14-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasallliklari bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va ularni ajratish, bemorlarni nazorat qilish taktikasi va osteodistrofiyani aniqlash orqali kasallikning xavfini kamaytirish imkonini bergan;
«Surunkali buyrak kasallliklari bilan xastalangan bemorlarda yurakni remodellash va osteodistrofiyani aniqlashning tashxisot algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 8n-d/14-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasallliklari bilan xastalangan bemorlarda yurakdagi o‘zgarishlarning oldini olish va osteodistrofiyani tashxislash imkonini bergan;
Surunkali buyrak etishmovchiligi terminal bosqichida gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda renal osteodistrofiya va uning korreksiya yo‘llarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak trasplantatsiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining sun’iy buyrak bo‘limi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-z/80-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali buyrak kasalliklarning terminal bosqichida dasturli gemodializ qabul qiluvchi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, surunkali buyrak kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolash va kasalxonada davolanish kunlarini qisqartirishga va erta nogironlikni kamaytirishga imkon bergan.