Xolto‘raev Sharofiddin Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Unumdorligi past tuproqlarda takroriy ekinlarni turli usullarda etishtirishning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri (Markaziy Farg‘ona sharoitida)”, 06.01.01 – «Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx269.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar O‘razmatov Nazirjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Karabaev Ikramjan Turaevich, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, katta ilmiy xodim..
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Farg‘onaning shamol eroziyasiga uchragan o‘tloqi soz kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan so‘ng tuproqni turli usulda haydab, yumshatib ishlov berish hamda takroriy mosh soya va suli ekinlarini turli ekish usulini qo‘llash orqali, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, takroriy ekinlardan so‘ng keyingi yil ekilgan g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi bilan birgalikda hosildorligiga ta’sirini resurstejamkor agrotexnologiyasini aniqlab ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazib tavsiya berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy Farg‘onaning eroziyaga moyil, unumdorligi past kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida, qisqa navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng erga chuqur va yuza ishlov berib, takroriy soya, mosh va suli ekishning tuproq agrofizik, agrokimyoviy xossalariga haydov va ekish usullarining ijobiy ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doydan so‘ng mexanik tarkibi engil o‘tloqi soz tuproqqa 30 sm chuqurlikda ishlov berilib, takroriy mosh, soya ekinlarini qatorlab ekishda urug‘ning unib chiqishi, o‘sishi, rivojlanishi yaxshilanishi hisobiga ekinlar hosildorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan;
mexanik tarkibi engil o‘tloqi soz kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda kuzgi bug‘doydan so‘ng tuproqqa 30 sm chuqurlikda ishlov berish, 22-24 sm chuqurlikda chizel` bilan va kul`tivator yordamida 14-16 sm chuqurlikda ishlov berishga nisbatan maqbulligi, takroriy mosh va soya ekinlarini qatorlab ekish ildiz va ang‘iz qoldiqlari to‘plashi va ularning tuproq unumdorligiga ta’sirining ortishi, tuproqqa 30 sm gacha ishlov berib, qatorlab ekilgan soya va mosh ekish g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va tolaning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Farg‘onaning unumdorligi past, mexanik tarkibi engil qumoq, kuchsiz sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida tuproqqa turli chuqurlikda ishlov berish va takroriy ekinlarni har xil usulda ekish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Unumdorligi past erlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha” tavsiyalar ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7-sentyabrdagi 02/021-2175-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Markaziy Farg‘onadagi paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.
Markaziy Farg‘onaning o‘tloqi soz, kuchsiz sho‘rlangan mexanik tarkibi engil qumoq tuproqlarida, kuzgi bug‘doydan so‘ng tuproqqa turli usulda ishlov berib, takroriy ekinlarni har xil usulda etishtirish texnologiyasi jami 338 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7-sentyabrdagi 02/021-2175-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doydan so‘ng ang‘izga 30 sm gacha ishlov berilgan agrofonda mosh va soyani qatorlab ekilganda don hosildorligi tegishli ravishda 17,8 va 21,7 s/ga ni tashkil qildi. Shuningdek, 22-24 sm chuqurlikda chizel` bilan ishlov berilib ekilgan agrofonga nisbatan mos ravishda 2,7 va 4,3 s /ga, tuproqqa kul`tivator yordamida yuza ishlov berilgan agrofonlarga nisbatan esa, gektaridan 4,4 va 7,1 sentnergacha mosh va soya don hosili olishga erishilgan;
takroriy mosh va soya ekinlari etishtirilgan so‘ng, g‘o‘za parvarishlash Ulug‘nor tumanida 171 gektar va Bo‘ston tumanida (sobiq Bo‘z) 167 gektar maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7-sentyabrdagi 02/021-2175-son ma’lumotnomasi). Qatorlab ekilgan mosh fonidagi g‘o‘zadan 2,9 s/ga, sochma ekilgan mosh fonidagi g‘o‘zadan esa 2,7 s/ga, qatorlab hamda sochma usulda ekilgan soya fonlaridan mos ravishda nazoratga nisbatan 3,5-3,6 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan, rentabellik darajasi 28,4-39,5% ni tashkil etgan.