Xujamberdiev Sherzod Musurmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasi asosida natriy polifosfatlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T869. 
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlari asosidagi EFK va tozalangan monoammoniyfosfatdan yuqori tozalikdagi natriy pirofosfat va tripolifosfat olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natriy karbonat, bariy karbonat va gazsimon ammiakning yordami bilan yonaki aralashmalardan mononatriyfosfat eritmalarini kal`siy, og‘ir oksidlar, ftor, sul`fat va magniyni to‘liq yo‘qotishga erishish orqali chuqur tozalash mumkinligi asoslangan;
EFK va monoammoniyfosfatning tozalangan eritmalaridan natriy pirofosfat va tripolifosfat olish jarayonining maqbul texnologik parametrlari va texnologik rejim me’yorlari aniqlangan;
natriy va ammoniy fosfat eritmalarini bug‘latish, quritish va kuydirish orqali natriy pirofosfat va tripolifosfatning unumdorligi va tozaligini oshishi isbotlangan;
tozalangan natriy fosfatlar va monoammoniyfosfatni qayta ishlash orqali natriy pirofosfat va tripolifosfat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
EFK va tozalangan monoammoniyfosfat eritmalarini texnik natriy polifosfatlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
EFK va tozalangan monoammoniyfosfat eritmasini natriy tripolifosfatga qayta ishlash texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJning istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Ammofos-Maxam» AJning 2020 yil 14 maydagi 830/S-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq xo‘jaligi uchun yuvuvchi vosita sifatida ishlatiladigan, tarkibida 99,5% kam bo‘lmagan natriy tripolifosfat olish imkonini bergan;
tozalangan natriy va natriy-ammoniy fosfatlarning tozalangan eritmalari yordamida yuqori tozalikdagi natriy tripolifosfat olish texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJning istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Ammofos-Maxam» AJning 2020 yil 14 maydagi 830/S-son ma’lumotnomasi). Natijada, monoammoniyfosfatning tozalangan eritmalaridan yuqori tozalikdagi natriy tripolifosfat olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish