Eshchanova Sayyora Shukurilla kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi to‘qay ekosistemasidagi mayda sutemizuvchilar populyasiyasining ekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B371.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Seytnazarov Sulayman Qutlimuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi to‘qay ekotizimlarining bioindikatori sifatida mayda sutemizuvchilarning ekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qay ekotizimida mayda sutemizuvchilarning hududiy-vaqtincha tarqalishining hozirgi holati aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi to‘qay ekotizimlari sharoitida turli xil hududiy tuzilmalarga ega Microtus Ilaeuspopulyasiyasi dinamikasining ekologik xususiyatlari aniqlangan;
Microtus Ilaeuspopulyasiyasi son dinamikasidagi o‘zgarishlarning ekologik transformatsiyasi va dinamik gradientlarning barkarorligi tendensiyasining namoyon bo‘lishida, to‘qay ekotizimining kogerentlik xususiyatlari aniqlangan;
to‘qay ekotizimlarida Micromammalia populyasiyalari antropogen ta`sirga uchragan holatida, ularning makondan foydalanishini hisobga olgan holda adaptiv shakllanishining mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi to‘qay ekotizimidagi mayda sutemizuvchilarning ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orolbuyi to‘qay ekotizmlarida Microtus Ilaeus populyasiyasini bioindikator sifatida ta’siri O‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga suksessiya jarayonlarini baholashda va ekotizimlardagi ekologik degradatsiya xolatining yuzaga kelishini aniqlashda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 18 maydagi 180-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekobiologiktestlash, to‘qay ekotizimlarining indikatsiyasi va tabiiy muhitning holatini baholash, biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
to‘qay ekotizmlaridagi mayda sutemizuvchilarning hududiy-vaqtincha tarqalishining hozirgi holati bo‘yicha olingan ma’lumotlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi faoliyatiga mintaqaning barqaror rivojlanishi nuqtai nazaridan hayvonotlar dunyosi kadastrini tuzishda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 18 may 02/18-1030-con ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida barqaror rivojlanish va ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida biologik xilma-xillikni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, to‘qay ekotizimlarini boshqarish bo‘yicha dasturiy tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish imkonini bergan.