Bo‘ronov Mizrob Mavlonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ma’naviy tiklanish va yuksalishning ijtimoiy-falsafiy masalalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal174.
Ilmiy rahbar: Quronov Muhammad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘rabek, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqil O‘zbekistondagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ma’naviy tiklanish” tushunchasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi sifatidagi milliy o‘zlikni anglash, qaramlik va qo‘rquv tuyg‘usidan xalos bo‘lish, adolat va milliy g‘ururni tiklash, yangi dunyoqarashni shakllantirish xususiyatlari ochib berilgan;
O‘zbekistonda ma’naviy taraqqiyotning tarixiy-tadrijiy bosqichlari (“Avesto” yaratilganiga qadar; eramizdan oldingi 2700 yillardan eramizning 900-yillari; Islom dini kirib kelgandan keyingi; Chor Rossiyasi bosqinidan mustaqillikka erishganiga qadar; mustaqillik davri) va ularning milliy ma’naviyatni shakllantirishdagi dialektik taraqqiyot jarayonlari asoslangan;
globallashuv sharoitida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi mohiyati (muntazamlik, izchillik, progmatik, praksiologik), milliy ma’naviyatga yot hayot tarzlari, buzg‘unchi g‘oyalarning jamiyatga kirib kelish (ezgu shiorlar ortidagi yovuz yashirin maqsadlar) usul va ko‘rinishlari ochib berilgan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga innovatsion segmentar (bo‘laklar, qismlar, guruhlar ma’naviyati) yondoshuvni tabaqalashtirilgan holda ijtimoiy qatlamlar, guruhlar, toifalar, jinslar bo‘yicha ma’naviyat formulalarini yaratish usullari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“ma’naviy tiklanish” tushunchasining falsafiy jihatdan asoslab berilgan O‘zbekistonga xos xususiyatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 apreldagi 101-son “Favvoralar sayli to‘g‘risida”, O‘zbekiston davlat mustaqilligining 21, 22, 23, 24, 25 yilligini munosib nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va bayonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 martdagi 07/1-1810-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar jamiyatda ijtimoiy muhitni yaxshilash, aholining turli qatlamlari orasida konsorsiumni kuchaytirishda xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ma’naviy taraqqiyotning tarixiy-tadrijiy bosqichlari (“Avesto” yaratilganiga qadar; eramizdan oldingi 2700 yillardan eramiz-ning 900-yillari; Islom dini kirib kelgandan keyingi; Chor Rossiyasi bosqinidan mustaqillikka erishganiga qadar; mustaqillik davri) va ularning xususiyatlari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2017 yil 2 avgustda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 600-sonli buyrug‘ining 10-ilovasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 avgustdagi 89-03-2706-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yoshlarda zamonaviy tafakkurni, insoniylik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha samarali tadbirlarni tashkil qilish imkonini bergan;
globallashuv sharoitida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi roli, milliy ma’naviyatga yot hayot tarzlari, g‘oyalarning jamiyatga kirib kelishining tarixiy-an’anaviy, zamonaviy usullari bo‘yicha berilgan ilmiy xulosalardan 3-9 sinflar uchun “Tarbiya” darsliklarining konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 06-06/4-3456-son ma’lumotnomasi). Xulosalardan foydalanish xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning yoshi, oilaviy muhiti, ijtimoiy kelib chiqishiga qarab yondoshuvni shakllantirish imkonini bergan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga innovatsion segmentar (bo‘laklar, qatlamlar, guruhlar ma’naviyati) yondoshuvni jamiyat hayotiga joriy qilish bo‘yicha ilmiy echimlar pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan (2017-2020 yy.) №FZ-201-0910202206 “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 06-06/4-3456-son ma’lumotnomasi) Ilmiy echimlardan foydalanish umumta’lim maktablarida, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash, ular bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish uslublarini ishlab chiqish imkonini bergan.