Baxtiyorov Bobur Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt561
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Madina Kamilovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Makroiqtisodiy tadqiqotlar va prognozlashtirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi”, “ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlari”, “ijtimoiy xizmatlar” kategoriyalariga aholini manzilli ijtimoiy himoya qilishning qamrov darajasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan mualliflik ta’riflari berilgan;
mamlakatda YaIMning jon boshiga to‘g‘ri keladigan qismi bilan kambag‘allik darajasi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda davlatning iqtisodiyotga bevosita ta’sir qiluvchi vositalari yordamida aholi real daromadlarini oshirish orqali kam ta’minlanganlar ulushini qisqartirish taklifi ishlab chiqilgan;
davlatning maqsadli, ya’ni, “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Hunarmandchilikni rivojlantirish” dasturlariga ustuvorlik berish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy ahamiyatini oshirish orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish taklifi asoslangan;
kam ta’minlanganlarni baholash mezonlarini quyi, o‘rta va yuqori darajalar bo‘yicha guruhlash orqali ijtimoiy himoyaning qamrov darajasini oshirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi”, “ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlari”, “ijtimoiy xizmatlar” kategoriyalariga aholini manzilli ijtimoiy himoya qilishning qamrov darajasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan mualliflik ta’riflari “Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minotga kirish”, “Pensiya tizimini rivojlantirishning xorij tajribasi” nomli darsliklar va “Ijtimoiy siyosat” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 89-03-2124-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalari “Ijtimoiy ta’minotga kirish va ijtimoiy siyosat”, “Pensiya tizimini rivojlantirishning xorij tajribasi” fanlari bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarini takomillashtirish va ta’lim berish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
mamlakatda YaIMning jon boshiga to‘g‘ri keladigan qismi bilan kambag‘allik darajasi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda davlatning iqtisodiyotga bevosita ta’sir qiluvchi vositalari yordamida aholi real daromadlarini oshirish orqali kam ta’minlanganlar ulushini qisqartirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan aholining kambag‘allik darajasini qisqartirish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 3-2/20-20-1025-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda mamlakat aholisining kambag‘allik darajasi ikki martaga qisqaradi;
davlatning maqsadli, ya’ni, “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Hunarmandchilikni rivojlantirish” dasturlariga ustuvorlik berish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy ahamiyatini oshirish orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 3-2/20-20-1025-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasini amaliyotga qo‘llash asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi keskin ortib, barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi, aholining mulkdorlar, o‘rta qatlami ko‘payib, turmush darajasi o‘sadi va sifati yaxshilanadi;
kam ta’minlanganlarni baholash mezonlarini quyi, o‘rta va yuqori darajalar bo‘yicha guruhlash orqali ijtimoiy himoyaning qamrov darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 3-2/20-20-1025-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida 2030 yilda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish choralari tizimi bilan ijtimoiy jihatdan muhtojlarning barcha qatlamlari to‘liq qamrab olinadi.