Jaloliddinova Muattar Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ««Ortof-S» tabletkasini yaratishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far60. 
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimdjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mamatxanova Munira Axmatxon qizi, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi va proton nasos ingibitori  kombinatsiyasi asosida yangi og‘riq qoldiruvchi tabletkaning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan kombinirlangan og‘riq qoldiruvchi «Ortof-S»  tabletka tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
tavsiya qilinayotgan «Ortof-S» tabletkalarining sifatini nazorat qilish va standartlash usullari aniqlangan; 
«Ortof-S» tabletkalarining etarli biosamaradorlikka ega ekanligi  isbotlangan; 
tavsiya etilayotgan kombinirlangan «Ortof-S» tabletkalarining  saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddatlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Ortof-S»  tabletkasini yaratishning farmakotexnologik aspektlari bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida: 
«Ortof-S» tabletkalari uchun korxona farmakopeya maqolalari loyihalari «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2020 yil 4 fevralidagi 29/01-35-son xati; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Mazkur korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi yallig‘lanishga qarshi  ta’sir etuvchi dori vositalarini ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Ortof-S» tabletkalari uchun tajriba-sanoat reglamentlari  «SAMO» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 2072225-11-19). Natijada, yallig‘lanishga qarshi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va ro‘yxatga olishni ta’minlash imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Ortof-S» tabletkalarining spesifik farmakologik faolligi tekshirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, yallig‘lanishga qarshi ishonchli faollikka ega va bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish