Qoshhanov Dao‘letbay Erejepovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amudaryo quyi oqimi suv havzalaridagi baliq chavoqlarining oziqlanishi», 03.00.06- Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V396. 
Ilmiy rahbar: Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor; Saparbaev Jumabay, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Amudaryo quyi oqimi suv havzalari baliqlarining zamonaviy faunasi va ovlanadigan baliq turlarining oziqlanish biologiyasini aniqlash hamda baliqchilikni rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Amudaryo quyi oqimi suv havzalari kesimida baliqlarning 23 avlod, 8 oila va 6 turkumga mansub 25 turi aniqlangan;
baliqlar tur tarkibining boyligi jihatidan Amudaryo o‘zanida 22, kollektorlarda 19, sholi landshaftlarida 13 va suv omborlarida 17 ta tur uchrashi aniqlangan;
ilk bor turli tipga mansub suv havzalaridagi baliq chavoqlari oziqlanishining biologik hususiyatlari ochib berilgan; 
turli suv xavzalaridagi fitoplankton va zooplankton organizmlar guruhlari, sifat va miqdor ko‘rsatgichlari hamda chavoqlarning rivojlanishidagi ularning ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo quyi oqimi suv havzalaridagi baliq chavoqlarining oziqlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy va iqlimlashtirilgan baliq turlarining turli suv havzalarida ko‘paytirish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Nukus va Kegayli tumani bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 21 yanvardagi 02/18-153-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol qizil ko‘zi, Orol oqqayragi, Orol maybalig‘i turlarining lokal populyasiyalarini saqlab qolish va son jihatdan qisqarib ketish xavfini oldini olish imkonini bergan;
irrigatsiya kanallar orqali turli agrotsenozlarga kelib tushadigan baliq chavoqlarining tur tarkibi va ulardan samarador foydalanish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Nukus va Kegayli tumani suv xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 02/02-3-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, kollektor tarmoqlarida oq do‘ngpeshona, oq amur, zog‘ora baliq, tovon baliq, ilonbosh, chipor do‘ngpeshona va amur oq oqchasi turlar asosida mahalliy baliqchilikni rivojlantirish imkonini bergan;
zoo- va fitoplanktonlarga boy sholizorlarda ko‘payishga moyil baliq turlarining tur tarkibi va ularni etishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar Nukus tumani qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va qiytaq er egalari kengashining 2020 yil 25 yanvardagi 01/01-56-son ma’lumotnomasi). Natijada, oq do‘ngpeshona, oq amur, zog‘ora baliq va tovon baliq turlar asosida sholi maydonlaridan o‘rtacha 40 kg/ga baliq olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish