Shokirova Sadoqatxon Muxammatsolievnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Homilaning bachadon ichi infeksiyalanishida kelib chiqadigan asoratlarni aniqlash va prognoz qilishni takomillashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № 30.09.2014/B2014.3-4.Tib12.

Ilmiy maslahatchi: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.

Rasmiy opponentlar: Levakov Sergey Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Moskva); Sultanov Saidazim Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Nosir Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: FDK Akademik V.I.Kulakov nomli akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi (Moskva, Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy  ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: homilaning bachadon ichi infeksiyalanishi yuqori xavfi mavjud homiladorlarni olib borish taktikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

homilaning bachadon ichi infeksiyalanishi  xavfi mavjud homilador ayollarda angiogenez omillarining pasayishi yo‘ldosh etishmovchiligiga olib kelishi isbotlangan;

prenatal infeksiyalanish yuqori xavfi mavjud homiladorni kuzatishda optimal akusherlik taktikasi ishlab chiqilgan;

ona-yo‘ldosh-homila tizimi shakllanishidagi angiogenez omillari ishlab chiqarilishining roli va ularning fetoplatsentar tizim tomirlarida gemodinamikasini dopplerometriya usuli bilan birgalikda tekshirishning prognostik afzalligi aniqlangan;

homila holati buzilishlari va turli genezli yo‘ldosh etishmovchiliklarida fetoplatsentar kompleks kompensator-moslashuv reaksiyasini faollashtirishda immunomodulyatorlarga sezuvchanligi aniqlangan va davolash afzalligi asoslab berilgan; 

antenatal infeksiyalanishi  xavfi mavjud homilador ayollarni tug‘dirish usuli hamda muddatlarini belgilashga differensiatsiyalashgan yondashuv taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Homilaning bachadon ichi infeksiyalanishida kelib chiqadigan asoratlarni aniqlash va prognoz qilishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon viloyati perinatal markazi, Andijon shahar 2-sonli tug‘ruq kompleksi va Andijon tumani tibbiyot birlashmasi  faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 yanvardagi 8n-3/37-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan «Prognozlash xaritasi» turli xavf omillari qo‘shilganda homilaning infeksiyalanish ehtimoli ballarda miqdoriy baholash imkonini beradi hamda homilaning bachadon ichi infeksiyalanishi yuqori xavfi mavjud homilador ayollarni yuritish algoritmi yordamida (homiladorlikning 1, 2 va 3 trimestrlarida) homila ichi infeksiyalanishi bilan tug‘iladigan chaqaloqlar sonini kamaytirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish