Gafurova Nodira Mirhosilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylar faoliyatini axborot - kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarish tizimini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron pedagogika nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped699.  
Ilmiy rahbar: Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aripov Mirsaid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarishning integrallashgan axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan elektron tizimning mazmuni va tashkiliy tuzilmasi yaratilgan;
akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarish tizimi integrativ mazmuni va pedagogik tizimi komponentlari (maqsad, taktika, yondashuv, parametr) aniqlashtirilgan;
akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarish dinamikasini doimiy kuzatib borish imkoniyatini beruvchi metodik yondashuv joriy etilgan;
ta’lim jarayonini axborotlashtirishning modernizatsiyalashgan elektron didaktik ta’minotining refleksiv yo‘nalganligini takomillashtirish asosida akademik liseylar faoliyatini boshqarish yaxlit pedagogik tizim sifatida taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pedagog kadrlar malakasini oshirishi va ularning kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarishning integrallashgan axborot-ta’lim muhitini takomillashtirishga oid takliflar akademik liseylar uchun mo‘ljallangan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi  89-03-2587-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarish tizimi mazmuni va komponentlariga oid takliflar “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi  89-03-2587-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar akademik liseylar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
akademik liseylar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarishni joriy etish bo‘yicha takliflar ITD 17 – 069 raqamli “Oliy ta’lim muassasalarining yagona axborot elektron tizimini yaratish va joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi  89-03-2587-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar akademik liseylar faoliyatini boshqarishda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tizimni joriy etishga zamin yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish