Tursunova Ravshanoy Artikjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy Evropa operalarida Amir Temur obrazi», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/San51.
Ilmiy rahbar: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Dilorom Karomat, can’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy Evropa kompozitorlik ijodiyotida Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan musiqiy-sahnaviy asarlarning o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa kompozitorlik ijodiyotida Amir Temur shaxsiga bo‘lgan qiziqish barokko davrida yaratilgan 50 dan ziyod musiqiy-sahnaviy asarlarning badiiy-musiqiy qiymati bilan dalillangan;
san’atdagi badiiyat va haqiqat tamoyili Amir Temur obrazi talqinlarining tahlili asosida isbotlangan;
XVIII asr opera san’atining badiiy-estetik va kompozitorlik uslubi ilk bor F.Gasparini, G.F.Gendel` va A.Vival`dining nomdosh musiqiy-sahnaviy asarlari asosida ochib berilgan;
Amir Temurning G‘arbiy Evropa tarixiy-badiiy qadriyatlari kesimida muhim o‘rin tutishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«G‘arbiy Evropa operalarida Amir Temur obrazi» tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amir Temur shaxsiga G‘arbiy Evropa ijodiyotida bir necha asrlar mobaynida so‘ngmagan qiziqish va kompozitorlik ijodiyotida yaratilgan musiqiy-sahnaviy asarlar haqida olingan muhim natijalar «Jahon musiqa tarihi» nomli o‘quv qo‘llanmaning «G.F.Gendel` ijodi» deb nomlangan bobida o‘rin oldi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrugi). Natijada talabalar G‘arbiy Evropada Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan musiqiy-sahnaviy asarlar qatorida G.F.Gendel` ijodi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar;
G‘arbiy Evropa kompozitorlik ijodiyotida Amir Temur obraziga bag‘ishlab yaratilgan va ilk bor dissertatsiya matnida e’lon qilingan asarlar ro‘yxati, ularning musiqiy tavsifi «O‘zbek musiqa madaniyati» nomli o‘quv qo‘llanmaning «Amir Temur qiyofasi Evropa opera ijodiyotida: haqiqat va badiiyat» nomli bo‘limda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 yanvardagi 89-03-205-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar G‘arbiy Evropada Amir Temur obraziga bag‘ishlab yaratilgan yangi musiqiy-sahnaviy asarlar xususida tasavvurlarini kengaytirdilar;
G‘arbiy Evropa badiiy qadriyatlari kesimida Amir Temur shaxsi tutgan o‘rni va mavqei, musiqiy obraz talqinida xaqiqat va badiiyat muammosini o‘rganilishi asosida olingan natijalar O‘zbekiston bastakorlari va kompozitorlari Uyushmasining «Musiqashunoslar bilan uchrashuv» doirasida o‘tkazilgan «G‘arbiy Evropa badiiy qadriyatlari kesimida Amir Temur shaxsi» mavzuidagi tadbirda foydalanildi (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2019 yil 2-apreldagi 01-04/66-110-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kompozitorlar, musiqashunos va ijrochilar jahon musiqa ijodiyotida Amir Temurga bag‘ishlangan asarlarning turli kompozitorlar talqinlari bilan tanishib aniq bilim  va xulosalarga ega bo‘lgan;
Buyuk nemis kompozitori G.F.Gendel`ning «Tamerlano» (1724) operasida Amir Temur obrazining ijodiy talqini, mazkur obraz G‘arb ijodkorlarining sahna asarlarida qay darajada transformatsiya etilishi haqida olingan natijalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining «Notadagi taqdirlar» radio eshittirishining ssenariy matnida foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasi 2019 yil 21-yanvardagi O’z IR-1-14-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar jahon opera san’atida buyuk ajdodimizga bag‘ishlab yaratilgan asarlarning musiqiy talqini bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish