Otaboev Xojiakbar Erkabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘ylar trematodozlarining kechishi, epizootologik holati va ularga ta’sir qiluvchi ekologik omillar», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/V29.
Ilmiy rahbar: Salimov Buri Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Shakarboev Erkinjon Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldashov Nurbek Ergashevich, veterinariya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘ylar trematodozlarining epizootologik holati, kechishi va unga salbiy ta’sir qiluvchi ekologik omillarni aniqlash, qarshi kurash choralarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand, Toshkent viloyatlari qo‘ylarining hozirgi trematoda faunasi, trematodalar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning epizootologik holati, fassiolyoz, dikrotselioz qo‘zg‘atuvchilarining oraliq xo‘jayinlariga hamda ulardagi parazitlarning lichinkalariga qurg‘oqchilik va jazirama iqlimning ta’siri aniqlangan;
fassiolyozning yuqori patogenli qo‘zg‘atuvchisi F.gigantica qo‘zg‘atadigan o‘tkir (parenximali) oqimini boshqa kasalliklardan differensiallash usuli takomillashtirilgan;
Samarqand, Toshkent viloyatlaridagi F.gigantica qo‘zg‘atadigan fassiolyozda jigarda ro‘y bergan og‘ir patologik o‘zgarishlarni respublikaning shimoliy-g‘arbiy qismidagi fassiolyoznikidan keskin farq qilishi aniqlangan;
ilk bor L.auricularia mollyuskasida, uning nobud bo‘lguniga qadar, F.gigantica serkariylarini uzoq muddat cheksiz miqdorda paydo bo‘lishi va ularni oraliq xo‘jayin organizmidan har sutkada yuzlab va minglab nusxada ajralib chiqishi aniqlangan;
F.gigantica qo‘zg‘atadigan fassiolyozning o‘tkir oqimini gastrotilyaksoz bilan birga kechganda uni yanada murakkablashishi aniqlangan;
ilk bor qo‘ylarda og‘ir kasallik chaqiruvchi paramfistomatozlar – gastrotilyaksoz, kalikoforoz, liorxozlarning o‘choqlari aniqlangan;
qo‘ylar fassiolyozining ichak infeksiyasi aralashgan o‘tkir oqimini davolash usuli takomilishtirilgan;
fassiolyozning o‘tkir oqimini parenximali fassiolyoz, surunkali oqimini jigar o‘t yo‘llari fassiolyozi, har ikkalasi bir vaqtda kechganda kasallikning aralash oqimi deb tashxis qo‘yish ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘ylar trematodozlarining kechishi, epizootologik holati va ularga ta’sir qiluvchi ekologik omillar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Qishloq xo‘jalik hayvonlarining trematodozlari, ularni davolash va oldini olish choralari bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilib, respublikamizning qoramolchilik va qo‘ychilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 9 iyuldagi 02/23-267-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘ylarning trematodozlar bilan zararlanishining oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
«Trematodalar (filogeniya, sistematika, morfologiya, biologiya, ekologiya)» monografiyasi tayyorlangan va ishlab chiqarishga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 9 iyuldagi 02/23-267-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy tavsiyalarni qo‘llash evaziga qo‘ylarning trematodalar bilan zararlanishining oldini olish imkoniyati yaratilgan;
qo‘ylar trematodozlarini davolash va oldini olish uchun klozantel-50, mesal`ben preparatlari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani qo‘ychilik xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 9 iyuldagi 02/23-267-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida profilaktika usulining qo‘llanilishi evaziga sarflangan bir so‘mga 114,65 so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
tadqiqot natijalari bakalavr va magistrlarning zoologiya va parazitologiya fanlari bo‘yicha o‘quv jarayoniga kiritilgan. Ulardan monografiya, o‘quv-qo‘llanma va darslik tayorlashda foydanalish mumkin.