Raxmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro xususiy huquq to‘g‘risidagi qonunchiligini kodifikatsiyalashtirishni takomillashtirish», 12.00.03−Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /yuridik fanlar nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Yu10.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, 14.07.2016.Yu.26.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Komil Kayumovich, yuridik fanlar doktori, professor; Umarov Tolibjon Abduazizovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro xususiy huquq to‘g‘risidagi qonunchiligini kodifikatsiyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha qonunchilikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqishda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olish, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini inobatga olish huquqiy hujjatning samaradorligini oshirishi asoslab berilgan;
qabul qilinishi tavsiya etilayotgan xalqaro xususiy huquq to‘g‘risidagi avtonom kodifikatsion hujjatda kollizion normalar tizimini takomillashtirishga xizmat qilishini inobatga olgan holda, chet el elementi bilan murakkablashgan farzandlikka olish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish asoslangan;
farzandlikka olingan chet el fuqarosi bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi uchun boshqa davlat fuqaroligidan chiqqan bo‘lishining zarurati asoslantirilgan;
ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro xususiy huquq kodeksi» loyihasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xalqaro xususiy huquq to‘g‘risidagi qonunchilikni kodifikatsiyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
2012 yil 24 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi «Normativ-huquqiy hujjjatlar to‘g‘risida»gi qonuni yangi tahririning 20-moddasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqishda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olish, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini o‘rganish lozimligi borasida o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 28.09.2016 y. 06/1-05/1387-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish samaradorligini oshiradi.
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunining 26-moddasida farzandlikka olingan chet el fuqarosi bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi uchun boshqa davlat fuqaroligidan chiqqan bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (2016 yil 23 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan kiritilgan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 28.09.2016 y. 06/1-05/1387-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasida yakka fuqarolik tan olinishi borasidagi qoidaga rioya etilish samaradorligini oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2853-moddasi ikkinchi qismiga farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (2016 yil 23 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan kiritilgan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 28.09.2016 y. 06/1-05/1387-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi chet el fuqarolari ishtirokidagi farzandlikka olish munosabatlarini rasmiylashtirish samaradorligini oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 237-moddasi beshinchi qismiga chet mamlakatda amalga oshirilgan farzandlikka olishning O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olish shartlarini kiritishda foydalanilgan (2016 yil 23 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan kiritilgan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 28.09.2016 y. 06/1-05/1387-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi xorijiy xususiyatga ega bo‘lgan farzandlikka olish munosabatlarini huquqiy tartibga solish samaradorligini oshiradi.