Abidova Gulmira Shuxratovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘ta toza moddalarni tayyorlash tizimida ko‘p kolonkali adsorbsion uskunaning chiqishidagi signallarga ishlov berish qurilmalarini tahlil qilish va sintezlash usullari», 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2017.3.DSc/T152.
Ilmiymaslahatchi: Zaripov Oripjon Olimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abduqayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich, texnika fanlaridoktori, professor; Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘ta toza moddalarni olish tizimida ko‘p kolonkali adsorbsion uskunaning chiqishidagi signallarga ishlov beruvchi qurilma va elementlarning sintezi va tahlil usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har bir adsorbsion kolonka uchun individual ravishda ma’lumotli parametrlarni aniqlash asosida ifloslangan adsorbsion kolonkalarni aniqlovchi va keyinchalik ularni yangilariga almashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
analitik o‘lchagich signallarga dastlabki ishlov berish uchun mo‘ljallangan kuzatuv turidagi analog raqamli o‘zgartirgich ishlab chiqilgan;
har bir bosqichda tahlil qilinayotgan signalning holatini tasdiqlovchi kuzatuv turidagi analog-raqamli o‘zgartirgichga asoslangan adsorbsion kolonkaning chiqishida cho‘qqini boshi, oxiri va ekstremumini aniqlovchi qurilma ishlab chiqilgan;
adsorbsion kolonkaning chiqishidagi cho‘qqining boshi, oxiri va ekstremumini aniqlovchi qurilmaning chiqishidagi signallarni, tanlamalarni tanlash qurilmasining kirishidagi boshqarish signallari bilan adaptatsiyalovchi qurilma ishlab chiqilgan; 
matematik usullar yondoshuvi asosida element va qurilmalarning ishidagi xatoliklarni aniqlanishi bilan birga moddalarni tozalash tizimining element va qurilmalar tuzilmasi va tartiblash usullarining tizimli tahlili ishlab chiqilgan; 
ishlov berilayotgan signalda analitik sharoitni aniqlash uchun mo‘ljallangan o‘ta toza moddalarni olish tizimini yaratish va ishga tushirishda qo‘llaniladigan algoritmlar va tahlil usullari ishlab chiqilgan;
adsorbsion signallarni logarifmik bir chiziqli xarakterli taqsimlanish aprior qonuni va tahlil tarkibi va moddalarning xususiyatlarini shakllantiruvchi vositalar jarayonlarining matematik modellashtirilishi asosida adsorbsion signalning ma’lumotli parametrlari aniqlangan;
kirishdagi ma’lumotlarning spesifik xususiyatlarini inobatga olgan holda adsorbsion uskunaning chiqishidagi signallarga ishlov berishdagi alohida masalalari uchun hisobiy-apparat echimlarining ishlash tavsiflari va umumiy xususiyatlari ishlab chiqilgan;
yarim suyuq holdagi moddalarning zichligini aniqlovchi kuzatuv turiga asoslangan analog-raqamli o‘zgartirgich asosidagi kolloid suyuqlik qalinligini aniqlovchi konsentratsiyalovchi fotoelektrokolorimetr qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘ta toza moddalarni tayyorlash tizimida ko‘p kolonkali adsorbsion uskunaning chiqishidagi signallarga ishlov berish qurilmalarini tahlil qilish va sintezlash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ishlab chiqilgan kuzatuv turli analog-raqamli o‘zgartirgich va uning asosidagi adsorbsion kolonka chiqishidagi cho‘qqining boshi va oxirini aniqlovchi qurilma «Qizilqumsement» AJva O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi RIAM sud tibbiyot ekspertizasiga joriy qilingan («O’ZSANOATQURILISHMATERIALLARI» O‘QMSKUning 2019 yil 17 dekabrdagi 02/10-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada, sementning foizli tahlili juda kichik xatolik bilan aniqlanib, buning hisobiga sement ishlab chiqish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari oshirilgan;
adsorbsion kolonkaning chiqishidagi namunalar olish qurilmasi boshqaruvchi signaliga ega cho‘qqining boshi va oxirini aniqlovchi qurilmaning chiqishidagi signallarni adaptatsiyalovchi qurilma, ifloslangan adsorbsion kolonkalarni aniqlash, ularni yangilariga almashtirish algoritmlari AO «Qizilqumsement» va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi RIAM sud tibbiyot ekspertizasiga joriy qilingan («O’ZSANOATQURILISHMATERIALLARI» O‘QMSKUning 2019 yil 17 dekabrdagi 02/10-3312-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar moddalarni tahlil qilish va tozalashda, chiqish signaliga ishlov berishdagi tezkorligi, yuqori aniqliligi va ishonchliligi, amalga oshirilayotgan tahlillarning samaradorligi hisobiga adsorbsion uskunaning qo‘llanilishi samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan;
moddalarni tozalash tizimlarini qurish usullari va nazariyasining tizimli tahlili, chuqur tozalash tizimini yaratish va ishga tushirishda qo‘llaniladigan algoritm va usullar «Qizilqumsement» AJda amaliyotgajoriy qilingan («O’ZSANOATQURILISHMATERIALLARI» O‘QMSKUning 2019 yil 17 dekabrdagi 02/10-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada, sementning foiz tarkibini aniqlash va unikerakli darajada o‘zgartirish imkoniyuzaga kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish