Innazarov Majid Amonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish tizimida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash texnologiyalarini takomillashtirish (oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped228.
Ilmiy-tadqiqotishibajarilganmuassasanomi: Bosh ilmiy-metodik markaz.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar:Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini tashxislash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish tizimida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash va baholashning tashkiliy-metodik, texnologik, korreksion bosqichlari va kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv mezonlari malaka talablari bilan o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish tizimida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash mazmuni kognitiv soha, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi kabi omillarning o‘zaro bog‘liqligi asosida individual-kasbiy rivojlanish natijalari xaritasi ishlab chiqilgan;
pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislashning elektron tashxislash tizimi (ekspert baholash, funksional-tuzilmaviy tashxislash, nazorat-tahlil)ni kiritish asosida malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash jarayonini boshqarishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan; 
pedagog kadrlarning mustaqil kasbiy rivojlanish natijalariga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron baza (Teachers Record Management System)ni ishlab chiqish asosida elektron monitoring tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Malaka oshirish tizimida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini tashxislash texnologiyalarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish tizimida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash mazmunini kognitiv soha, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi kabi ijtimoiy-psixologik  omillarning o‘zaro  bog‘liqligi asosida takomillashtirish bilan bog‘liq takliflardan oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 89-03-5243-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi malaka oshirish kurslario‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash va baholashning elektron tashxislash tizimini joriy etish bilan bog‘liq takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-son Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 89-03-5243-son ma’lumotnomasi). Natijada,  pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash va baholash jarayonini boshqarishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash va baholashning elektron tashxislash tizimi, korreksion-rivojlantiruvchi ochiq onlayn kurslar dasturlaridan mintaqaviy va tarmoq markazlaridagi malaka oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 89-03-5243-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga innovatsion yondashuvdagi axborot-metodik ta’minotni joriy etish  imkoni yuzaga kelgan;
malaka oshirish tizimida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislashning tashkiliy-metodik, texnologik, korreksion  bosqichlari va kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv  mezonlari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy ishlanmalar Yo-14 – qayd raqamli “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning informatsion-metodik ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish: akmeologik yondashuv” loyihasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 89-03-5243-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha  oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning uzluksiz tizimini takomllashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish