Darmonov Dilmurod Yoqubjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlari va bug‘doy xossalarining minerallashgan suvlar bilan sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B420. 
Ilmiy rahbar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Kurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Urazbaev Ismatulla Ummatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarining xossa-xususiyatlari, ekomeliorativ holati va unumdorligini, bug‘doy hosildorligini minerallashgan suvlar bilan sug‘orish ta’sirida o‘zgarishini aniqlash hamda minerallashgan kollektor-zovur, aralash suvlardan foydalanish va daryo suvlarini antropogen ifloslanishdan muhofazalash,tejashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi sug‘oriladigan o‘tloqi saz o‘rta qumoqli tuproqlar sharoitida bug‘doyning «Polovchanka» navini sug‘orishda mineralizatsiyasi 4,2 g/l gacha bo‘lgan xlorid-sul`fat tipdagi kollektor-zovur suvlaridan foydalanish mexanizmi asoslangan;
bug‘doyni minerallashgan suvlar bilan sug‘orish jarayonida sug‘oriladigan o‘tloqi saz o‘rta qumoqli tuproqlarning tuz tarkibi va oziqa rejimi, gumus miqdori, agrokimyoviy xossalari, singdirish qobiliyati va boshqa xossa-xususiyatlari daryo suvlari bilan sug‘orishga nisbatan kuchsiz darajada salbiy o‘zgarishi isbotlangan;
polovchanka bug‘doy navini minerallashganlik darajasi har xil bo‘lgan xlorid-sul`fatli tipdagi kollektor-zovur suvlari bilan sug‘orish me’yori va sifati aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘rta qumoqli o‘tloqi saz tuproqlari sharoitida minerallashganlik darajasi 4,2 g/l gacha bo‘lgan zovur suvlari bilan sug‘orilganda singdirilgan magniy va natriy miqdorlarining ortishi,  sho‘rtoblanmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlari va bug‘doy xossalarini minerallashgan suvlar bilan sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Polovchanka» va «Andijon-1» bug‘doy navlarini sug‘orish texnologiyasi «Rasulova Mashhura» fermer xo‘jaligida va «Dehqonobod Tulporlari» MMTP xo‘jaliklarida 61 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 02/021-4249-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning ushbu navlarini suv berish tizimi 1–1–1, unib chiqish, gullash va pishish fazasida sug‘orish me’yori 800 m3/ga, mavsumiy sug‘orish me’yori 2400 m3/ga bo‘lishga erishish imkonini bergan;
kuzgi bug‘doyning «Polovchanka» navini kollektor-zovur suvlarining minerallashganlik darajasi 2,8–3,5 g/l suvlar bilan sug‘orish texnologiyasi «Dehqonobod tulporlari» MMTPga qarashli «Rasulova Mashhura» fermer xo‘jaligini 61 gektar er maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 02/021-4249-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo suvi bilan sug‘orilgan maydonga nisbatan 1,4 s/ga qo‘shimcha don hosili olish, rentabellik 29% bo‘lishiga, har bir gektar maydondan mavsumda 2400 m3 toza suvni tejash va shuncha miqdordagi minerallashgan suvlarni daryoga tashlamasligi hisobiga daryo suvining ekologik tozaligini saqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish