Xakimov Sherqul Sherg‘ozievichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta xomashyosini iflosliklardan tozalash jarayoni samarali texnologiyasini va tozalagichlar ishchi qismlarining ratsional konstruksiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.T191.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, 14.07.2016.T.06.01.

Ilmiy maslahatchi: Tursunov Hamidulla Qo‘chqorovich, texnika fanlari doktori.

Rasmiy opponentlar: Murodov Rustam Murodovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:paxta xomashyosini mayda va yirik iflosliklardan tozalashning yuqori ish unumdorligidagi samarali texnologiyasini, tozalagichlarning yangi resurstejamkor ishchi qismlarini hamda ketma-ket texnologiyali tozalagich asosida tozalash oqimini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalovchi ketma-ket texnologiyali tozalagich yaratilgan;

paxta xomashyosi tarkibidagi mayda iflosliklarni tozalovchi uzun qoziqli baraban yaratilgan hamda uning texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;

arrali baraban yuzasidan paxta xomashyosini ajratuvchi, yo‘naltiruvchi baraban va ildiruvchi moslama yaratilgan;

yangi tozalagichning eyiluvchanligi kam ishchi qismlarining asosiy texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;

chigitli paxta xomashyosini mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi samarali tozalash oqimi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosini tozalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:

paxta xomashyosini iflosliklardan tozalash texnologik jarayonidagi qurilmalarga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining beshta ixtiroga patenti olingan: («Paxta xomashyosini tozalagich», №IAP 03994-2009 y., №IAP 04054-2009 y.; «Paxta xomashyosini quritish va tozalash agregati», №IAP 03829-2008 y; «Paxta xomashyosi tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ushlagich», №IAR 04231-2010 y.). Bu paxta xomashyosini iflosliklardan samarali tozalash uskunalarini ishlab chiqish imkonini yaratgan;

paxta xomashyosini iflosliklardan tozalagich ishchi qismiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining  ixtiroga patenti olingan: («Paxta xomashyosini tozalash va titish barabani», №IAP 03913-2009 y.). Bu paxta xomashyosini mayda iflosliklardan samarali tozalash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan yangi paxta tozalash uskuna va texnologiyalari «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi korxonalarida, jumladan «Sayxunobod paxta tozalash» OAJda, «Sherobod paxta tozalash» AJda joriy etilgan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2016 yil 18 iyundagi MA-E/791-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi tozalash uskunalarining ishonchli ishlashini, paxta tolasi assortimentining bir sinf yuqoriga o‘tishini va ishlab chiqarish xarajatlari 15–20 foizga kamayishini ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish