Sherov Anvar Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda byudjet siyosati yo‘nalishlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1236.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pulatov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda byudjet siyosati yo‘nalishlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet xarajatlarini moliyalashtirishda byudjet tashkilotlari faoliyati yakuniy mezonlari natijaviyligini ta’minlash uchun oraliq va yakuniy maqsadlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida byudjetlashtirish amaliyoti taklif etilgan;
byudjet xarajatlari maqsadliligi, muddatliligi va natijaviyligini ta’minlash uchun moliya xizmati xodimlari faoliyat natijalari asosida byudjet riskini hisoblash metodologiyasi takomillashtirilgan;
byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan istiqboldagi xarajatlar bo‘yicha narx barqarorligini ta’minlash uchun inflyasiya va valyuta kursining tebranishini hisobga olishga imkon beruvchi sof joriy qiymat (net present value)ni baholash amaliyotini qo‘llash taklif etilgan;
«Natijaga yo‘naltirilgan byudjet» tizimini joriy etish orqali yalpi ichki mahsulot tarkibida ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlarning ulushi, ta’lim va tibbiy xizmatlarning eksport qilinish miqyosi yoki mamlakat eksportida byudjet muassasalarining ijtimoiy xizmatlari ulushi, fan xarajatlari yaratilgan ilmiy ishlanmalarning tijoratlashtirilganlik darajasi yoki byudjet xarajatlariga nisbatan tijoratlashtirilgan qiymatning yuqoriligi, tibbiyot sohasidagi davlat xarajatlari natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining aktiv davri uzayishini ta’minlash taklif etilgan;
byudjet siyosatini shakllantirish samaradorligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy iqtisodiy tamoyillar sifatida ijtimoiylik, shaffoflik, asoslanganlik, etarlilik, tejamkorlik tamoyillaridan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet xarajatlarini moliyalashtirishda byudjet tashkilotlari faoliyati yakuniy mezonlari natijaviyligini ta’minlash uchun oraliq va yakuniy maqsadlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida byudjetlashtirish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1490-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, byudjet tashkilotlariga mamlakat strategik maqsadlari doirasida xarajatlarni taqsimlash uchun qulay shart-sharoit yaratilgan;
byudjet xarajatlari maqsadliligi, muddatliligi va natijaviyligini ta’minlash uchun moliya xizmati xodimlari faoliyat natijalari asosida byudjet riskini hisoblash metodologiyasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1490-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodologiyaning joriy etilishi natijasida, moliya xizmati xodimlari mas’uliyatini oshirishga, shuningdek, byudjet xarajatlarini belgilangan miqdorda va o‘z vaqtida moliyalashtirishga erishilgan.
byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan istiqboldagi xarajatlar bo‘yicha narx barqarorligini ta’minlash uchun inflyasiya va valyuta kursining tebranishini hisobga olishga imkon beruvchi sof joriy qiymat (net present value)ni baholash amaliyotini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1490-son ma’lumotnomasi). Mazkur amaliyotni qo‘llash natijasida byudjet xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishda makroiqtisodiy vaziyatni inobatga olib ta’minlanishiga shart-sharoit yaratilgan.
«Natijaga yo‘naltirilgan byudjet» tizimini joriy etish orqali yalpi ichki mahsulot tarkibida ilmiy sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlarning ulushi, ta’lim va tibbiy xizmatlarning eksport qilinish miqyosi yoki mamlakat eksportida byudjet muassasalarining ijtimoiy xizmatlari ulushi, fan xarajatlari yaratilgan ilmiy ishlanmalarning tijoratlashtirilganlik darajasi yoki byudjet xarajatlariga nisbatan tijoratlashtirilgan qiymatning yuqoriligi, tibbiyot sohasidagi davlat xarajatlari natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining aktiv davri uzayishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1490-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida byudjet xarajatlarini natijaviylikka qaratilishi asosida rejalashtirish, ijro etish va barqaror iqtisodiy o‘sishga shart-sharoit yaratilgan;
byudjet siyosatini shakllantirish samaradorligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy iqtisodiy tamoyillar sifatida ijtimoiylik, shaffoflik, asoslanganlik, etarlilik, tejamkorlik tamoyillaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1490-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqiqotning amaliyotga joriy etilgan mazkur natijalari byudjet xarajatlarini amalga oshirishda byudjet qoidalarini belgilashga qaratilgan ustuvorlikning shakllanishiga xizmat qilgan.