Yusupov Boburbek Axmadbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda kichik biznes iqtisodiy salohiyatidan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.PhD/Iqt554.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich,iqtisodiyot fanlari doktori;Rustamov Maqsud Suvonqulovich,iqtisodiyot fanlari bo‘yichafalsafa doktori (PhD).
Yetakchitashkilot: «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes iqtisodiy salohiyatidan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga ijara asosida foydalanish uchun taklif etiladigan davlat mulki ob’ektlari holatini infratuzilma tarmog‘i bilan ta’minlanish darajasini e’tiborga olgan holda kompleks baholash asoslanganva hisoblash tartibi taklif etilgan;
kichik biznes iqtisodiy salohiyatini mehnat, moddiy va investision resurslarni e’tiborga olgan holda hudud va xo‘jalik sub’ekti darajasidagi indeks ko‘rsatkichlari reytingini hisoblashga asoslangan yaxlit baholash tizimi taklif etilgan;
mahalla va mahallalararo miqyosda iqtisodiy faoliyatga jalb etilmagan bo‘sh iqtisodiy resurslardan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda samarali foydalanish bo‘yicha «hududdagi iqtisodiy resurslarni biznes-muvofiqlashtirish» funksiyasiga asoslangan mexanizm taklif etilgan;
kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini baholash yondashuvi tadbirkorlik faoliyatining ishga solinmagan imkoniyatlarini «sotsiologik tadqiqot – mavjud imkoniyat – rivojlantirish yo‘nalishlari» zanjirini tadbiq etish orqali aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda kichik biznes iqtisodiy salohiyatidan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga ijara asosida foydalanish uchun taklif etiladigan davlat mulki ob’ektlari holatini infratuzilma tarmog‘i bilan ta’minlanish darajasini e’tiborga olgan holda kompleks baholash va hisoblash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 yanvardagi 8-son «Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va 2020 yil 8 maydagi 273-son «Davlat mulki ob’ektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 06/04-02-01-32/1646-son, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 dekabrdagi 5844/03-14-2-son ma’lumotnomalari). Mazkurtaklifdan foydalanish natijasida turli viloyatlardagi tadbirkorlar uchun ijara asosida foydalanishga taklif etilgan davlat mulki ob’ektlarining infratuzilma tarmog‘i holatini aniqlash hamda ular bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish orqali biznes muhit hamda ishbilarmonlik indekslarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
kichik biznes iqtisodiy salohiyatini mehnat, moddiy va investision resurslarni e’tiborga olgan holda hudud va xo‘jalik sub’ekti darajasida indeks ko‘rsatkichlari reytingini hisoblashga asoslangan yaxlit baholash tizimidan «Biznes-rejalashtirish» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 394-113). Buning natijasida respublikaning turli hududlaridagi kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini baholash orqali resurslardan samarali foydalanishning qo‘shimcha imkoniyatlarini uslubiy jihatdan aniqlash va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkoni yaratilgan;
mahalla va mahallalararo darajada iqtisodiy faoliyatga jalb etilmagan bo‘sh iqtisodiy resurslardan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda samarali foydalanish bo‘yicha «hududdagi iqtisodiy resurslarni biznes-muvofiqlashtirish» funksiyasiga asoslangan mexanizmni kiritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi PQ-4498-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 06/04-02-01-32/1646-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida mahalla va mahallalararo miqyosda tadbirkorlik faoliyatiga bo‘sh iqtisodiy resurslarni jalb etish salmog‘ini oshirish imkoniyati yaratilgan;
kichik biznes iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini baholash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatining ishga solinmagan imkoniyatlarini «sotsiologik tadqiqot – mavjud imkoniyat – rivojlantirish yo‘nalishlari» zanjirini tadbiq etish orqali aniqlash asosida takomillashtirilgan yondashuv «Biznes-rejalashtirish» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 394-113).Buning natijasida kichik biznes iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini baholashda tadbirkorlik faoliyatining amaldagi holatini mavjud imkoniyatlar bilan taqqoslash orqali yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini uslubiy jihatdan takomillashtirish hamda mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini oshirishga xizmat qilgan.