Usmankulov Alisher Kadirkulovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Issiqlik-namlik almashuv jarayonlarini tezlashtirish asosida yuqori ish unumli paxtani quritish uskunasi va texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T350.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, 14.07.2016.T.06.01.

Ilmiy maslahatchi: Parpiev Azimjon, texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Axmadxo‘jaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Xayriddin Kadirovich, texnika fanlari doktori; Sidikov Isamidin Xakimovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik-namlik almashuv jarayonlarini jadallashtirish asosida paxtani yuqori ish unumli quritish uskunasi va texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ichki moslamalar konstruksiyasi takomillashtirilgan, yangi yuqori ish unumli paxta quritish barabani va texnologiyasi yaratilgan;

paxta, tola, tukli va tuksiz chigitlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi va issiqlik sig‘imini namlik, hajmiy zichlik va quritish temperaturasiga qarab o‘zgarishini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;

tola massasi va chigit yadrosida issiqlik, namlikni fazoviy va vaqtli taqsimlanishining turli qonuniyatlari asosida paxta tolasi va chigitini qurish bir tekisligini ta’minlovchi quritish rejimi ishlab chiqilgan;

issiqlik tarqalishi nazariyasi asosida muhitni ko‘p komponentliligini hisobga oluvchi nam paxtani samarali (keltirilgan) issiqlik o‘tkazuvchanligini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;

quritish vaqtida chigit yadrosi va qobig‘i hajmining o‘zgarishi, havo qatlami hosil bo‘lishi, ularga paxtaning boshlang‘ich namligini ta’sir darajasi aniqlangan;

havo temperaturasi va paxta komponentlarining namligi hamda temperaturasining o‘zgarishini aniqlab beruvchi qonuniyatlar asosida quritish barabanini uzunligidan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Issiqlik-massa almashuv jarayonlarini jadallashtirish asosida yuqori ish unumli quritish uskunasi va texnologiyasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

ichki moslamalari konstruksiyasi takomillashtirilgan paxta quritish barabanini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Chigitli paxta quritish barabani-1», №IAP03063–2006 y.). Natijada paxtani baraban yuzasi, uzunligi bo‘yicha bir tekis titilgan holda taqsimlanish imkoniyati yaratilgan;

yuqori ish unumli paxta quritish barabanini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Chigitli paxta quritish barabani-2», №IAP 03064–2006 y.). Natijada paxta va havo bilan konvektiv issiqlik-namlik almashuv jarayonini jadallashtirish imkonini bergan;

yuqori ish unumli quritish uskunasi va texnologiyasi «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi korxonalarida, jumladan Paytug‘ paxta tozalash korxonasi va Chinobod paxta tozalash korxonalarida taklif etilgan texnologik reglament asosida joriy qilingan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2016 yil  24 oktyabrdagi MA-02/1380-son ma’lumotnomasi).Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi quritgichda namlik olishni o‘rtacha (nisbiy) 64,2 foizga oshishini va tolada nuqsonli aralashmalar miqdorining 0,5 foizga kamayishini ta’minlaydi.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish