Qulmetov Mansurbek Ro‘zmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari o‘rtasidagi raqobatni takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt219.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karliboeva Raya Xadjimurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  tijorat banklari o‘rtasidagi raqobatni  takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklararo raqobat sharoitida banklar tomonidan “O‘z mijozingni bil” tizimini joriy etish orqali bank mijozlari sonini o‘rtacha yillik 10-15 foizgacha ko‘paytirish imkoniyati asoslangan;
banklarda raqobat muhitini zamonaviy marketingdan samarali foydalangan holda masofadan turib bank xizmatlarini keng joriy etish zarurligi asoslangan;
tijorat banklari o‘rtasidagi raqobatni axborot manbai, omillar, ko‘rsatkichlar asosida baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;
to‘lov xizmatlari bozorida banklararo raqobatni kuchaytirishda internet-banking tizimi imkoniyati on-layn konversiya, mikroqarz xizmat turini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari o‘rtasidagi raqobatni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklararo raqobat sharoitida banklar tomonidan “O‘z mijozingni bil” tizimi bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 02 dekabrdagi 24-03-09-310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida o‘tgan yilga nisbatan mijozlar soni 10% oshgan hamda 1 milliondan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan;
banklarda raqobat muhitini zamonaviy marketingdan samarali foydalangan holda masofadan turib bank xizmatlarini keng joriy etish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan o‘rta muddatli rivojlantirish strategiyasiga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 2 dekabrdagi  24-03-09-310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bankning masofaviy xizmatlari hajmini 2019 yilning 1 yanvar` holatiga 246,5 mlrd. so‘mga oshishini ta’minlagan;
tijorat banklari o‘rtasidagi raqobatni axborot manbai, omillar, ko‘rsatkichlar asosida baholash mexanizmi bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan “Mijozlar siyosati”ini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 02 dekabrdagi  24-03-09-310-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “O‘zsanoatqurilishbank” mijozlarining sonini hisobot yilida 11,7 foizga oshirish imkonini bergan; 
to‘lov xizmatlari bozorida banklararo raqobatni kuchaytirishda internet-banking tizimi imkoniyatini on-layn konversiya, mikroqarz xizmat turini kiritish taklifi  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan kredit siyosatiga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2019 yil 02 dekabrdagi  24-03-09-310-son ma’lumotnomasi). Ushbu xizmat turlari amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning mijozlarga ko‘rsatayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi hisobot yilida 1,18 barobarga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish