Berdikulov Sirojjon Nasipkulovichning

 doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik milliy modelining falsafiy genezisi va rivojlanish istiqbollari», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: LA № 0000039.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.F14.

Ilmiy maslahatchi: Mamadaliev Shavkatbek Olmasbaevich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.F.01.04.

Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yuldashev Maxamadilxom Mamayunisovich, falsafa fanlari doktori; Dr. Prof. Sung Dong Ki is Assistant Professor at Frontier College, Inha University, Republic of Korea

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik milliy modelining falsafiy xususiyatlarini ochib berish, ko‘ppartiyaviylik amaliyotining rivojlanish tendensiyalarini falsafiy umumlashtirish hamda ko‘ppartiyaviylikning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni asoslashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda siyosiy partiyalar vakolatlarini yanada kengaytirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan norma ishlab chiqilgan;

O‘zbekiston ko‘ppartiyaviylik milliy modelidagi qonun, axloq va ma’naviyat doirasida faoliyat yuritish falsafasini jahon davlatlari ko‘ppartiyaviy tizimlarida foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;

siyosiy partiyalar fraksiyalarini parlament nazorati sub’ekti sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi falsafiy asoslangan taklif ishlab chiqilgan;

siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘rtasidagi sog‘lom raqobat falsafasi qonunlar qabul qilish jarayonida fraksiya va deputatlik guruhi manfaatlarini uyg‘unlashtirish, qonunlar ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini amalga oshirishga xizmat qilishi asoslangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda partiyalararo sog‘lom raqobatni yanada kuchaytirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396-sonli «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq qo‘mitasining 2016 yil 7 yanvardagi 02/1-2-sonli ma’lumotnomasi). Bu umumxalq saylovlarida ko‘p sonli va kam sonli partiyalarga teng imkoniyat yaratib, saylovchilarning tanlov huquqini yanada kengaytirishga xizmat qiladi;

siyosiy partiyalar fraksiyalarining parlament nazorati sub’ekti sifatida e’tirof etish, ularni parlament so‘rovida ishtirokini ta’minlash yuzasidan berilgan tavsiyalardan 2016 yil 11 apreldagi O‘RQ-403-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq qo‘mitasining 2016 yil 13 iyundagi 06-1/630-sonli ma’lumotnomasi). Bu fraksiyalararo kurashni kuchaytirishga va ishlab chiqilayotgan qonunlar sifatini oshirishga imkon yaratadi;

davlat hokimiyati vakillik organlaridagi siyosiy partiya tuzilmalarining parlamentarizmni yanada rivojlantirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilishning eng muhim masalalarini hal qilishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan takliflardan 2016 yil 11 apreldagi O‘RQ-403-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq qo‘mitasining 2016 yil 13 iyundagi 06-1/630-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu amaliyot qonunlar ijrosini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi;

yangi Davlat ta’lim standartlari asosida «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani bo‘yicha darslikning IV va V boblari tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 28 dekabrdagi 89-03-1638-sonli ma’lumotnomasi). Bu tinglovchi va kursantlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish