Saidova Kamola Uskanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arb va Sharq ekzistensializmida inson ekrinligi komparativistikasi», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal205.
Ilmiy rahbar: Karimov Raxmat Raxmanovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar:Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor, Po‘latova Dildora Akmalovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson erkinligi muammosini Sharq va G‘arbdagi ekzistensial anglashning qiyosiy falsafiy tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘sib kelayotgan yosh avlodning ijtimoiy-mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida shaxsni ma’naviy-axloqiy jihatdan oqilona shakllanishi jarayoniga ekzistensial falsafiy tafakkurning ta’siri ochib berilgan;
Sharq va G‘arb ekzistensial falsafiy tafakkurida inson erkinligi haqidagi ustuvor fikrlar, ularning insoniyat ijtimoiy-siyosiy va diniy etnik tamoyillariga ta’siri asoslangan;
ma’naviy-axloqiy maqsadlarda erkin fikrlovchi shaxs va uning intellektual rivojlanishi, shuningdek insonning jamiyat oldidagi ijtimoiy faolligi va javobgarligini oshirish ma’rifati jarayonini amalga oshirish dasturi ishlab chiqilgan;
har bir inson huquqi va erkinligiga qaratilgan mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-demokratik islohotlar borasidagi bilimlarni jamiyatda shakllantirishni ta’minlashga oid yangicha yondashuvlar tahlili ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arb va Sharq ekzistensializmida inson ekrinligi komparativistikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining “2018 yil O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va ushbu sohani rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari bo‘yicha” dasturi asosida (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2018 yil 14 noyabrdagi №01/08-849-18 sonli ma’lumoti) shaxsning ma’naviy-axloqiy jihatdan oqilona shakllanishi jarayonida ekzistensializm g‘oyalarining ta’siri ochib berilgan. Buning natijasida, shaxs ijtimoiy-mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan amalga oshiriluvchi tadbirlar samaradorligi sezilarli darajada ortishga imkon yaratilgan;
Ekzistensial falsafiy tafakkurdagi inson erkinligi to‘g‘risidagi asosiy g‘oya insoniyatning ijtimoiy-siyosiy va diniy-etnik tamoyillariga ta’sir ko‘rsatib, 2018 yilda fuqarolik monitoringi institutidagi kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqilishida yordam berdi (Fuqarolik jamiyatini shakllantirish monitoringi mustaqil institutining 2018 yil 18 noyabrdagi №14/289 sonli ma’lumoti). Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi aholisi, ayniqsa endigina mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarni jamiyat uchun zararli bo‘lgan g‘oyalar xurujidan muhofaza qilish maqsadida insonning ma’naviy-axloqiy, ruhiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy bilimlari samaradorligi oshirish imkonini bergan;
Omma ma’rifatini yuksaltirishda, ayniqsa O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi huzurida turli ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, xususan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi tadbirlarda amalda qo‘llanilmoqda (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshidagi 2019 yil 18 yanvardagi № 04-13 / 299 sonli ma’lumoti). O‘zbekiston yoshlarini ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish, mustaqil va erkin fikrlash, hayotga bo‘lgan qat’iy qarashlari bilan Vatanga sadoqat, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida bevosita ularning ijtimoiy faolligini oshirish lozim. Bunda tadqiqotda keltirilgan taklif va mulohazalarni davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tarshkilotlarda yoshlar harakatining to‘laqonli faollashuvida qo‘llash imkonini bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, jumladan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markazi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida 2018 yil 10 dekabrda (№12/458-18 sonli ma’lumoti) bo‘lib o‘tgan tadbirda quyidagilarni ta’kidlab o‘tdik: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari davlat tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan mavjud huquq va erkinliklarni buzmaslik va qarshilik qilmaslik demakdir. Har bir insonning huquq va erkinliklariga qaratilgan mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosdagi demokratik islohotlarning aniq mohiyati borasida jamiyatda bilim hosil qilishga xizmat qiluvchi taklif va mulohazalar amaliy jihatdan diqqat-e’tibor qaratishni taqazo etgan.