Qarshibaeva Uljan Davirovnaning  

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):: «Fransuz romantizm prozasining poetik xususiyatlari», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: LA № 0004749.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Fil229.

Ilmiy maslahatchi: Xolbekov Muxammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.Fil.09.01.

Rasmiy opponentlar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mariya de Fatima Marinyo, filologiya fanlari doktori, professor (Portugaliya);  Yusupov Tohir Jabborovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalashi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: romantizm prozasining poetik xususiyatlari, romantizm tamoyillari, romantik proza poetikasiga xos allegoriyali hikoya qilish usuli ekanligini Shatobrian va Gyugo  asarlari badiiy matnining lingvopoetik tahlili orqali ochib berishdan iborat. 

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

romantizmda yorqin, iste’dodli shaxslarning sub’ektiv olami poetik shaklni, estetik idealni amalga oshirish vositalaridan biri ekanligi Shatobrian va Gyugo asarlari asosida aniqlangan;

Shatobrian va Gyugo prozasida ikki dunyo manzarasi ob’ektiv va sub’ektiv voqe’lik diada uslubida ishlab chiqilgan;

Shatobrian prozasi matni nihoyatda metaforalarga boyligi va buning romantizm prozasi qonuniyatlariga muvofiqligi isbotlab berilgan;

Shatobrian va Gyugo romanlari poetikasini belgilovchi universallik, makon va zamon kategoriyalariga xos xususiyatlar yoritilgan;

Shatobrian va Gyugo romanlari matnida keluvchi vazn va ohang muammosi muhim o‘rin tutishi va buning romantizm prozasi uslubiga xos jihatlari aniqlangan;

Shatobrian va Gyugo asarlari matnining poetik xususiyatlari o‘zbek filologiya ilmida ilk bor lingvopoetik uslubda ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Romantizm davri ijodkorlari asarlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

XIX asr fransuz romantizmining ikki buyuk vakili Shatobrian va Gyugo ijodi borasida ilmiy izlanishlar olib borish fransuz va o‘zbek adabiy aloqalarini yanada mustahkamlashga, fransuz xalqining madaniyati va tarixini tadqiq qilishga, Evropa tillari kuni  kabi tadbirlarda va O‘zbekistonda Evropa adabiyotini o‘rganuvchilar uchun muhim manbaa sifatida foydalanilgan (Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining 2016 yil 7 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Joriy etilgan material fransuz romantizmining manbaalari va estetik tamoyillarini Evropa romantizm adabiyoti kontekstida ochib berishga xizmat qilgan.

tadqiqotda asliyatdan olingan misollar ma’no jihatdan tarjima qilinganligi, ularning so‘zma-so‘z tarjima jarayonidagi mazmuniga ta’siri va farqlari YoA-1-06 «Professional tarjimalarni tayyorlash sifati nazoratini tashkomillashtirishga komponent yondoshuv» (2012–2013) mavzusidagi ilmiy loyihada ilk romantizm davri asarlarida qo‘llanilgan so‘zlarning ma’nosini o‘rganishga xizmat qilgan. (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 1 iyuldagi FTK 03-13/438-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi tarjima jarayonida o‘sha davr asarlaridagi so‘zlarning ma’nosidan to‘g‘ri foydalanish imkonini bergan;

fransuz romantizm prozasida yorqin, iste’dodli shaxslarning sub’ektiv olami va poetik xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini asoslashda IOT-1-32 «Filologiya va tarjimonlik yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun» (2012) mavzusidagi innovatsion ilmiy-texnikaviy loyihada o‘zbek tiliga tarjimada o‘sha davr tili va uslubini, so‘zlarning ma’nosini qiyosiy o‘rganishda foydalanilgan. (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 1 iyuldagi FTK 03-13/438-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi XIX asr romantizm oqimi ijodkorlari asarlaridagi so‘zlarning ma’nosi tarjimada hozirgi davr asarlarda qo‘llanilayotgan so‘zlar ma’nosiga mosligini hamda tili va uslubini qiyosiy o‘rganishga, lug‘aviy ma’nosi bilan tarjimadagi ma’nosi o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqni ajratishda aniq baholash imkonini bergan;

Samarqand telekanalida tayyorlangan ko‘rsatuvlarda Gyugo hayoti va ijodi hamda boshqa ko‘plab fransuz, ingliz, nemis faylasuflari va yozuvchilarining hikmatli so‘zlaridan foydalanilgan (STV telekanalining 2016 yil 7 sentyabrdagi 152-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mashhur shaxslar hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berishda muhim manbaa bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish