Amanullaeva Kamola Muminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy asar konseptosferasi va asosiy konseptlarning tarjimada qayta yaratilishi (Xaruki Murakami asarlari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil287.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Muhammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xalmurzaeva Nodira Toshmurzaevna, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yapon milliy konseptosferasi alohida qismlarining lisoniy voqelanish usullari va ularning rus tiliga tarjimasini ko‘rib chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy-madaniy konseptlarning o‘ziga xos xususiyatlari (“bo‘shliq”, “soya”) va ularning adabiy asardagi badiiy konseptlarga transformatsiyasi aniqlangan;
“yolg‘izlik”, “kokoro”, “sinsin” kabi badiiy konseptlarning ifodalanishi va lisoniy voqelanishi belgilangan hamda tarjima jarayonida ularning kognitiv tarkibi qayta hosil bo‘lishini ta’minlovchi usullar shakllantirilgan;
zamonaviy adabiyotshunoslik terminologisi tarkibiga “konsept” tushunchasining kiritilishi badiiy asarni kommunikativ tizim sifatida namoyish etishning yangi imkoniyatlarini ochib berishi dalillangan;
matnni konseptual tahlil qilishning istiqbolli yo‘nalishlari aniqlanib, ularning har biri badiiy konseptni o‘ziga xos xususiyatlarini ma’lum qiyofada aks ettirishi isbotlangan;
indvidual-muallif konseptosferasida yetakchilik qiladigan asosiy konseptlar milliy konseptosferaning alohida qismlarini namoyish etishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy matn makonida ishlab chiqilgan milliy – madaniy konseptlarni aniqlash va ularning badiiy konseptga o‘tish vositalari tahlili hamda verballashuvi usullari tasnifi tamoyillariga asoslanish orqali, shuningdek, tarjima jarayonida badiiy konseptlarni qayta yaratishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishda olingan natijalar asosida:
inson hayoti voqeligida muhim ahamiyat kasb etadigan yolg‘izlik va bo‘shliq konseptlari shaxs emotsional holati asosida shakllanadigan derivatsion nazariya ish usullarida tatbiqi bo‘yicha olingan xulosalar OT–F8–062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 iyundagi 784/30.02.01 son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy tuzilmaning shakllanishiga etnotsentrik nuqtai nazar bilan qarash yangicha yondashuv bo‘lib, semantik, pragmatik jihatdan matn derivatsiyasi muammolarini tadqiq etish tamoyillarini yanada boyitish uchun xizmat qilgan;
muloqot maqsadining ifodalanishiga nutq sub’ektlarining milliy-madaniy xususiyatlari ta’siri borasida olingan natijalardan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10-iyundagi 785/30.02.01 son ma’lumotnomasi). Innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan foydalanildi;
Badiiy asar konseptosferasi va asosiy konseptlarning tarjimada qayta yaratilishida yapon milliy dunyoqarash va inson tuyg‘ularini ifodalovchi qalb (yurak), bo‘shliq, yolg‘izlik kabi qator konseptlar tahlil etish bo‘yicha xulosalar “5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish”, “5111400-Xorijiy til va adabiyoti”, “5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “5A120201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” magistratura mutaxassisliklarining malaka talablariga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10-iyundagi 783/30.02.01 son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda tahlil etilgan leksemalardan, xususan, yolg‘izlik konseptiga xos leksik-semantik-mental xususiyatlari tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar tatbiqi “Sinxron tarjima”, “Qiyosiy tarjimashunoslik”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti”, “Lingvistik tahlil metodlari” kabi fanlarni o‘qitishning sifati va samaradorligi, talabalarning ushbu fanlar bo‘yicha bilimlarining oshishi va o‘quv materiallarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishining natijalari «kokoro» - «sinsin», «yolg‘izlik», «kokoro» - «bo‘shliq» ko‘pqirrali badiiy konseptlariga asoslanuvchi Xaruki Murakami ijodini chuqurroq o‘rganish imkonini berdi. Dissertatsiya ishining natijalari Yaponiyaning Akita prefekturasi Kokunogate tumanida joylashgan Aoyagike Samuraylar muzeyida ekskursiya uchun nutq tuzishda qo‘llanilgan (Yaponiyaning Akita prefekturasi Kokunogate tumanida joylashgan Aoyagike Samuraylar muzeyidan 2020 yil 22-iyunda olingan ma’lumotnomasi). Milliy tilda yaratilgan har qanday badiiy asar uning konseptual maydonining tahlili uning konseptual maydonini boyitadi va kengaytiradi, bu holat g‘arb madaniyatiga sodiqligini saqlab qoluvchi Xaruki Murakami ijodida ham o‘z ifodasini topadi.
Badiiy matn makonida ishlab chiqilgan milliy – madaniy konseptlarni aniqlash va ularning badiiy konseptga o‘tish vositalari tahlili hamda verballashuvi usullari bo‘yicha olingan xulosalar asosida Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “Samarqand sadosi” eshittirishing 2020 yil 15-yanvardagi soni ssenariysiga kiritilgan hamda uni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 4-iyundagi 09-01/205-son ma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilarda milliy – madaniy konseptlarni aniqlash va ularning badiiy konseptga o‘tish vositalari tahlilini anglashga va eshittirish mazmunini boyitishga xizmat qilgan.