Ergashev Ulug‘bek Abdurasulovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Murakkab va o‘ta murakkab tarkibli oltin saqlagan Qizilqum rudalarini qayta ishlash samaradorligining ilmiy-texnik asoslari», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.T708.
Ilmiy maslahatchi: Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.GM/T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarova Mastura Iskandarovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shimchaoltin ajratib olishni ta’minlovchi texnik va texnologik echimlarga asoslangan, oltin saqlagan sulfidlarni to‘liq ochilishiga yo‘naltirilgan kombinatsiyalashgan qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarama-qarshi oqim dekantatsiyasida kolloid formada qoladigan oltinning pH muhitga bog‘liqligi ilk bora aniqlanishi va biokekni yuvish jarayonidagi oltinning yo‘qotilishi 50% ga kamaytirilishga erishish asosida biooksidli boyitish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
arsenat va temir oksisul`fati kolloid eritmasi hosil bo‘lib, bo‘tananing suyuq fazasidagi Fe+3 tuzlarining gidrolizi (yuvishda rN o‘zgarib), bu bo‘tana suyuq fazasining qovushqoqligi ortishiga va biooksidlash keki shlam fraksiyasi cho‘kishi tezligining kamayishiga olib kelishi va qarama-qarshi oqim dekantatsiyasi quyultirgichlarida tindirilishning yomonlashishi sababi aniqlangan;
biooksidlash jarayonidagi ko‘pik hosil bo‘lish mexanizmi asosida reaktorlardagi pul`paning ko‘mirli qismini flotatsiya faktorlari hisobidan kolloidli va mayda dispersli oltin zarralarini fraksiyalash yo‘li bilan oltinni boyitish (flotokonsentrat bilan solishtirganda 6–8 marta) usuli tavsiya etilgan;
biooksidlash mahsulotlarini sianlash jarayonida rodanidlar hosil bo‘lishi kinetikasi va oltinning sianli kompleksi bilan raqobatli sorbsiyasidagi ishtiroki aniqlangan va vaqt mobaynida rodanidlarning miqdorlarini sianid natriy konsentratsiyasi dinamikasini o‘zgarishiga bog‘liqligi (10–12 soat), vaqt tugashi bilan esa jarayonning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmasligi hamda oltinni sianidli tanlab eritishdagi tezligi rodanidlar yuzaga kelish tezligidan kattaligi aniqlangan;
biooksidlash mahsulotlarini sorbsiyali sianlash jarayonidagi ionalmashuvchi smolaning holati asosida sorbentlar xossasining rodanidlar bilan zaharlanishi hisobiga pasayishi kuzatildi va bu sorbsiya suyuq chiqindilarida oltin miqdorining oshishi va uni ajratib olishni kamayishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
biooksidlash mahsulotining oksidli kuydirish jarayonida haroratning olinadigan kuyindi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekani, 650–743°S issiq haroratga qaraganda 570–600°S da oltin ajratib olinishi yuqori bo‘lishi aniqlangan hamda bu holat 650–743°S issiq haroratda oltinni sianlashda xalaqit beruvchi skorodit qobig‘i yuzaga kelishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Murakkab va o‘ta murakkab tarkibli oltin saqlagan rudalarni qayta ishlash asosida:
kislotalash yordamida sul`fidli oltinmish`yakli rudalardan oltin ajratib olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (20.02.2012 y. IAP №04489) olingan. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi chiqindiga ketayotgan oltin hajmini kamaytirish imkonini bergan;
kuydirish yordamida murakkab tarkibli sul`fidli oltinmish`yakli rudalardan oltin ajratib olish usuli ishlab chiqilgan kuydirish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (17.11.2015 y. IAP №05134) olingan. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi sul`fidli oltinmish`yakli rudalardan oltinni ajratib olish darajasini oshirish imkonini bergan;
pul`padagi biooksid mahsulotlarini yuvishdan oldin kislotalash texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli GMZ-3 korxonasida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 7 oktyabrdagi 02-02-10/10718-son ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyani amaliyotga joriy qilish natijasida qarama-qarshi oqim dekantatsiyasi quyultirgichida toza ustki oqim mahsuloti olingan;
biooksildash va uglerodli moddalar saqlagan, murakkab va o‘ta murakkab tarkibli oltin saqlagan rudalarni va konsentratlarni kombinatsion qayta ishlash texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli GMZ-3 korxonasida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 7 oktyabrdagi 02-02-10/10718-son ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyani amaliyotga joriy qilish natijasida amaldagi qayta ishlanadigan rudalarni yillik hajmini saqlagan holda tayyor mahsulotlar tannarxini kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan QSTK neytralizatsiya mahsulotidan oltin ajratish texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli GMZ-3 korxonasida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 7 oktyabrdagi 02-02-10/10718-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida QSTK neytralizatsiya mahsulotidan qo‘shimcha oltin ajratish va chiqindilar bilan qimmatli mahsulotning chiqib ketish oldi olingan;
ishlab chiqilgan QQOD konturida biooksidlash mahsulotlarini quyuqlanish unumdorligini oshirish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli GMZ-3 korxonasida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 7 oktyabrdagi 02-02-10/10718-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida biokekni quyuqlanishidagi xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «pul`pada ko‘mir» sxemasidan foydalanib, kekni sorbsiyali sianlash jarayonida oltin ajratib olishni ko‘paytirish texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli GMZ-3 korxonasida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 7 oktyabrdagi 02-02-10/10718-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida operatsiyadan oltin ajratib olish darajasini 8–10% ga oshirish imkonini bergan.