Qodirov Obid Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda (11-15 yosh) jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Psi38
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.30/03.2020.P.26.02
Rasmiy opponentlar: Rustam Abdurasulov, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Baxtiyor Sirliev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda (11-15 yosh) jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasiga tayanib barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ilmiy-psixologik hamda amaliy-tarbiyaviy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlar xulq-atvorida jinoyat motivlari shakllanishida salbiy omillardan himoya qiluvchi (huquqiy ongni shakllantiruvchi) zamonaviy-psixologik mexanizmlar tuzilmasi ishlab chiqilgan;
o‘smirlarda jinoiy xulq motivatsiyasi shakllanishini bartaraf etuvchi bir maqsadga yo‘nalgan - “uyg‘unlashgan” psixokorreksion tarbiyaviy ta’sir moduli yaratilgan;
o‘smirlarda jinoyat motivlari shakllanishining oldini olishga yo‘naltirilgan “rivojlantiruvchi” va “huquqiy ongni shakllantiruvchi” psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan va samaradorligi aniqlangan;
o‘smirlarning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan “o‘zini tasdiqlash”, “o‘z manfaatlarini boshqalardan ustun qo‘yish”, “o‘g‘rilik”, “bezorilik”, “buzg‘unchilik”, “qasoskorlik”, “o‘z kuchi va jasoratini ko‘rsatuvchi” jinoyat motivlarining oldini olishga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlar xulq-atvorida jinoyat motivlari shakllanishida salbiy omillardan himoya qiluvchi (huquqiy ongni shakllantiruvchi) zamonaviy-psixologik mexanizmlar tuzilmasi ishlab chiqilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot loyihalarining maqsadli amalga oshirilishida o‘smirlar tarbiyasi uchun mas’ul kishilarning jinoyat motivlari shakllanishining biofiziologik, psixologik salomatlik, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy-psixologik jabhalari haqida xabardorligi oshirilgan, o‘smirlar bilan hamkorlik va muloqot samaradorligi ta’minlangan hamda o‘smirlar xulq-atvorida jinoyat motivlari shakllanishiga ta’sir etadigan turli salbiy omillar ta’siridan himoya qilingan;
o‘smirlarda jinoiy xulq motivatsiyasi shakllanishini bartaraf etuvchi bir maqsadga yo‘nalgan - “uyg‘unlashgan” psixokorreksion tarbiyaviy ta’sir moduli yaratilgan va amaliyotga tadbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 15 fevraldagi PM-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida o‘smirlarda jinoyat motivlari shakllanishining oldini olishga qaratilgan psixologik tushunchalar kelib chiqishi, yoshlarning har tomonlama barkamol shakllanishi hamda ularning sog‘lom turmush tarziga munosobatning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy psixologik jabhalarini tushunish bilan bog‘liq huquqiy-tarbiyaviy ma’lumotlarni tizimli tahlil qilishga xizmat qilgan;
o‘smirlarda jinoyat motivlari shakllanishining oldini olishga yo‘naltirilgan “rivojlantiruvchi” va “huquqiy ongni shakllantiruvchi” psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan va samaradorligi aniqlangan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2019 yil 25 sentyabrdagi 01/433-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlar shaxsini o‘rganish va ularda namunaviy xulq-atvor hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha psixologik maorif va ma’rifat, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixoprofilaktika yo‘nalishlarida psixologik trening dasturlarini yaratishga xizmat qilgan;
o‘smirlarning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan “o‘zini tasdiqlash”, “o‘z manfaatlarini boshqalardan ustun qo‘yish”, “o‘g‘rilik”, “bezorilik”, “buzg‘unchilik”, “qasoskorlik”, “o‘z kuchi va jasoratini ko‘rsatuvchi” jinoyat motivlarining oldini olishga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar taklif etilgan. Undan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “Milliy g‘oya va mafkuraviy tadqiqotlarni tashkil qilish” bo‘limida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan amaliy tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida: PZ-20170930384 raqamli “Jamiyatda, ayniqsa yoshlarda fuqorolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 24 oktyabrdagi 02/02-1458-son ma’lumotnomasi). Natijada, ayniqsa o‘smirlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlari takomillashtirilishiga xizmat qilgan.