Nasrullaeva Nafisa Zafarovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz tili frazeologik birliklar semantikasidagi gender konsepsiyasi», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /filologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Fil89.
Ilmiy maslahatchi: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.Fil.09.01.
Rasmiy opponentlar: Dennis Morgan Rey, filologiya fanlari doktori, Xankuk universitetining professori; Xoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Mahfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tili frazeologik birliklarining genderli konseptuallashuv jarayonini ishlab chiqish, uning darajalarini aniqlash va tadqiq qilinayotgan til frazeologiyasida «erkak» va «ayol» gender konseptlarining shakllanishini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilining gender belgili frazeologik birliklar semantikasining konseptuallashuv jarayoni nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilgan;
ingliz tilining gender belgili frazeologik birliklarining semantikasida kognitiv, milliy-madaniy, tarixiy va etimologik mazmuni isbotlangan;
erkak va ayolning gender rollari yoritilgan, qiyoslangan hamda erkak va ayol obrazlarida genderli asimmetriyalar aniqlangan;
gender belgili frazeologik birliklarning mazmun, struktura va genderli komponent bo‘yicha tasnifi yaratilgan;
erkak va ayol obrazlarini boshqa (o‘zbek va rus) tillarga o‘girishning eng adekvat usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gender konseptlarning shakllantiruvchi parametrlarini ishlab chiqish, gender belgili frazeologik birliklarni ingliz tilidan boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida taqdim etilgan takliflar asosida:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 5120100–«Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)» va «Chet tili amaliy kursi» fani bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2016 yil 18 oktyabrdagi № 01/22-84-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar ingliz tilining frazeologik birliklarni o‘rganish imkonini beradi, ingliz tilining frazeologik birliklarini rus va o‘zbek tillariga samarali tarjima qilishga xizmat qiladi;
qiyosiy tahlil asosida aniqlangan ingliz va o‘zbek tillarining milliy-madaniy xususiyatlari Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilgan F1-FA-0-12539 FA-F1-G040 raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida (tipologik va adabiy ta’sir yo‘nalishida tadqiq etish)» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mita-sining 2016 yil 8 sentyabrdagi FTK–03-13/564-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning qo‘llanilishi ingliz va o‘zbek adabiy matnlarida erkak va ayol obrazlarini ifodalovchi frazeologik birliklarni qiyoslash, har bir tilning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini, tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlik tomonlarini aniqlash imkonini bergan;
ingliz frazeologik lisoniy manzarasi doirasida «erkak va ayol» konseptlarining tadqiqoti London metropoliten universitetining ijtimoiy fanlar fakul`tetida leksikografiya, stilistika, tarjima nazariyasi va sotsiolingvistika kabi fanlarning nazariyasini boyitib, ushbu yo‘nalishlar doirasida olib borilayotgan tadqiqotlarda foydalanilgan (London metropoliten universitetining 2016 yil 18 avgustdagi ma’lumotnomasi). Ingliz frazeologiyasi materiali asosida ishlab chiqilgan «erkak» va «ayol» konseptlarning parametrlari gender lingvistikasining rivojlanishiga xizmat qiladi;
dissertatsiyada aniqlangan ingliz frazeologik birliklarining tarixiy, milliy-madaniy va etimologik mazmuni Chelyabinsk davlat madaniyat institutida madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishida foydalanilgan (Chelyabinsk davlat madaniyat institutining 2016 yil 17 oktyabrdagi №938-10-son ma’lumotnomasi). Gender belgili frazeologik birliklar ingliz jamiyatining madaniy va milliy xususiyatlarini ochib bergan.