Sotvoldiev Akmaljon Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqaruvlar aralash chegaralanishlarga ega holda chiziqli va nochiziqli dinamik sistemalar uchun boshqaruv va quvish masalalari”, 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM10.
Ilmiy rahbar: Samatov Baxrom Tadjiaxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.05.04.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Muminjon, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karimov Kamoliddin To‘ychiboevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqaruvlarga mos ravishda integral va yig‘indi cheklovlar qo‘yilgan chiziqli differensial va diskret sistemalarda boshqaruvchanlik va quvish masalalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish, hamda nochiziqli differensial quvish o‘yinlarini parallel yaqinlashish metodi orqali echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruviga integral cheklov qo‘yilgan chiziqli differensial sistemalarda, shuningdek, yig‘indi cheklov qo‘yilgan diskret sistemalarda boshqaruvchanlik masalalarini echish usullari ishlab chiqilgan;
boshqaruviga yig‘indi cheklov qo‘yilgan chiziqli diskret sistemalarda 0-boshqaruvchanlik masalasini echish uchun zarur va etarli shartlar olingan;
yig‘indi cheklovlar bilan ziddiyatli holatlarda chiziqli diskret sistemalar uchun boshqaruvchanlik masalasi o‘rganilgan va o‘yinni tugatish uchun etarli shartlar olingan;
o‘yinchilarning boshqaruviga koordinatali integral cheklovlar qo‘yilgan jamoaviy quvish masalasida o‘yinni tugatish uchun etarli shartlar olingan;
nochiziqli differensial o‘yinning bir sinfi uchun parallel quvish strategiyasi qurilgan;
nochiziqli differensial quvish o‘yinini echish uchun oddiy harakatli o‘yinda parallel yaqinlashishning klassik usulini umumlashtiruvchi samarali usul taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshqaruvlar aralash chegaralanishlarga ega holda chiziqli va nochiziqli dinamik sistemalar uchun boshqaruv va quvish masalalariga oid ilmiy natijalar asosida:
boshqaruviga integral cheklovi qo‘yilgan chiziqli differensial sistemalarning echimlari, bu sistemalarda ifodalangan quvish masalasining global echimi va 0-boshqaruvchanlik orasidagi bog‘liqliqdan 01-01-16-1840FR raqamli fundamental tadqiqot loyihasida Gil`bert fazosida o‘yinchilarning boshqaruv parametrlariga integral cheklovlar qo‘yilganda ko‘p quvlovchili quvish masalasini echishda, hamda quvish-qochish masalasi o‘yinida ikkita quvlovchi va bitta qochuvchi bo‘lgan holda o‘yinchilarning boshqaruviga koordinatali integral cheklov qo‘yilgan xolda echishda qo‘llanilgan (Putra Malayziya universitetining 2020 yil 4 fevraldagi PM.02.04/1/3-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi chiziqli va nochiziqli boshqariluvchi differensial o‘yinlarni echishning yangi usullarini yaratish imkonini bergan;
boshqaruviga yig‘indi cheklovi qo‘yilgan chiziqli diskret sistemalarning echimlaridan matematika va kompyuter modellashtirish laboratoriyasi AAAA-B19-219021990010-4 raqamli “EYETRACKING texnologiyasi asosida tasvirni qayta ishlash” ilmiy-tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (Vitus Bering nomidagi Kamchatka davlat universitetining 2020 yil 26 fevraldagi 111-01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi chiziqli diskret sistemalarni echish usullari yordamida tasvirni qayta ishlash va sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish