Rashidova Dilbar Karimovnaning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Polimer sistemalar bilan kapsulalash jarayonining g‘o‘za o‘simligi va urug‘lik chigitning rivojlanishiga ta’siri», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik, (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №30.09.2014/B2014.5.Qx117.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 14.07.2016.Qx.22.01.
Rasmiy opponentlar: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abzalov Miratxam Fuzailovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chigitga ekishdan avval mahalliy ekologik xavfsiz xitozan va uning hosilalari asosidagi polimer tarkibli moddalar bilan ishlov berish va kapsulalash texnologiyasini qo‘llash orqali o‘simlikning o‘sishi-rivojlanishi va fiziologik jarayonlarini jadallashtirish, urug‘larning navdorlik sifatini yaxshilash hamda paxta hosildorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning chigiti va o‘simlikning rivojlanishi jarayonlariga Bombyx mori xitozani va uning hosilalari bilan kapsulalangan polimer tarkibli moddalarning ta’siri aniqlangan;
xitozan va uning hosilalari asosidagi preparatlarni qo‘llashning maqbul va chegaraviy me’yorlari ishlab chiqilgan;
g‘o‘zaning mahalliy Uzxitan polimer preparati bilan kapsulalangan chigitida kechadigan jarayonlar asoslangan;
o‘simlikda kechadigan fotosintetik jarayonlarga turli tashqi va ichki omillarning ta’siri aniqlangan;
Uzxitan, karboksimetilxitozan (KMX) va mis xitozan metallokompleksini chigitni kapsulalashda qo‘llashning samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Urug‘larni kapsulalash usuli» ishlanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 03956);
«Dastlabki ekish materialida ajratib olish bo‘yicha mezonli tartib ko‘rsatkichini belgilash bilan yuqori sifatli urug‘likni aniqlash usuli» ishlanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04697);
«Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish uchun kompozisiya va uni olish usuli» ishlanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20130 271);
Mahalliy xom-ashyo mahsulotlaridan tayyorlangan Uzxitan preparati, 2014-2016 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan. 2010–2015 yillarda Uzxitan preparati bilan ishlov berilgan tuksizlantirilib kapsulalangan urug‘lik chigiti tayyorlash hajmi «O‘zpaxtasanoat» assotsiatsiyasi zavodlarida 6,5 ming tonnaga teng bo‘lib, ushbu urug‘lik chigitlari respublikaning barcha viloyatlari paxtachilik fermer xo‘jaliklarida 190 ming gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 06.06.2016 y. №02/20-773-son ma’lumotnomasi). Bunda urug‘lik chigit Uzxitan preparati bilan kapsulalanib ekilganda gektaridan 2,0–4,0 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan, tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan va iqtisodiy samara gektariga 100–150 ming so‘mni tashkil etgan.