Taylakov Ulug‘bek Norbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy etish texnologiyalari” 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped221.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzoqboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nishonov Akram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Samar Qo‘zievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy etish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining axborot-ta’lim muhitining tarkibiy tuzilmasi (tizimlilik, mantiqiy izchillik, bilish-anglash, axborot-bilimlarni nazorat qilish) yagona elektron axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy etish texnologiyalarini shakllantirish tamoyillari (maqsadga yo‘naltirilganlik, integratsiya, to‘laqonliylik, yaxlitlik, ochiqlik)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari uchun masofaviy o‘qitish platformasi bulutli servis texnologiyasi asosida moslashuvchanlik, modullilik, parallelilik, asinxronlilik, rentabellilik, ijtimoyilik tamoyillariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan va platformada o‘quvchilarni bilim olishni individuallashtirishga xizmat qiladigan Informatika (6-sinf) va Geografiya (9-sinf) fanlaridan onlayn kurslar yaratilgan.
axborot-ta’lim modullarini yangilab borish veb-texnologiyalari ta’lim muassasalarining boshqaruv (statik va dinamik sahifalarni yaratish, foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish, audentifikatsiyalash, foydalanuvchilarning tizimdagi rolini belgilash) va pedagogik jarayonlarini (sinf jurnalini yuritish, o‘quvchilar davomati va faolligi bo‘yicha statistikani kuzatish) o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
fanlar kesimida elektron o‘quv majmualarni shakllantirish metodikasini yagona elektron axborot-ta’lim muhitida umumta’lim maktablari uchun zamonaviy innovatsion texnologiyalar (kontentni boshqarish tizimi) vositasida takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Umumta’lim maktablarining yagona elektron axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablarining yagona elektron axborot-ta’lim muhitining tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflardan F1-XT-0-16955 “Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida maktab o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari” (2012-2016 y.y.) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3775-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarining yagona elektron axborot-ta’lim muhiti tarkibiy tuzilmasi takomillashtirilgan.
umumta’lim maktablari uchun masofaviy o‘qitish platformasi (http://matm.uz) bulutli servis texnologiyasi orqali moslashuvchanlik, modullilik, parallellilik, asinxronlilik, rentabellilik, ijtimoiylik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan va unda bilim olishni individuallashtirishga xizmat qiladigan “Informatika” hamda “Geografiya” fanlari kesimida onlayn kurslar yaratish texnologiyalarini takomillashtirishga oid takliflardan F1-XT-0-16955 “Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida maktab o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3775-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari yagona elektron axborot-ta’lim muhitining masofaviy o‘qitish platformasi yaratilgan va unda fanlar kesimida onlayn kurslarni yaratish va joylashtirish imkoniyati shakllantirilgan; 
ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagogik jarayonlarining axborot-ta’lim modullarini yangilab borish veb-texnologiyalarini takomillashtirishga oid takliflardan I–XT–O-14860 “Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotni ilmiy natijalari asosida qo‘llanmani nashrga tayyorlash va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3775-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot-ta’lim muhiti yaratilgan hamda o‘quv jarayonining sifat monitoringi samaradorligini oshirishga imkon bergan;
yagona elektron axborot-ta’lim muhitida umumta’lim maktablari uchun zamonaviy innovatsion texnologiyalar vositasida fanlararo elektron o‘quv majmualarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflardan 2012–2014 yillarda amalga oshirilgan A1-XT-0-14297 “Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3775-son ma’lumotnomasi). Natijada, yagona elektron axborot-ta’lim muhitida turkum elektron o‘quv majmualar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish