Ismoilova Shoira Tolkunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir tanqisligi kamqonligi va preeklampsiya bilan og‘rigan homiladorlarni davolanishini takomillashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/TIB813.
Ilmiy rahbar: Djabbarova Yulduz Kasimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Delya Faxritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorda preeklampsiyaning profilaktikasida temir tanqisligi kamqonligini kompleks davolashda gormon terapiyani qo‘llanilishini asoslash va samaradorligini baholashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlarda temir tanqisligi kamqonligining preeklampsiya patogenezidagi o‘rni ilk bor epidemiologik i immunologik tadqiqotlar asosida tasdiqlangan;
ferrokinetikani tekshirish natijalari preeklampsiya kuzatilgan va kuzatilmagan homilador ayollarda kamqonlik etiologiyasini aniqlashga imkon bergan, zardob ferritinining miqdorini TTKda differensial diagnostika markeri sifatida qo‘llanilgan;
preeklampsiya patogenezida TTK kasalligi bo‘lgan homilador ayollarda tizimli va mahalliy yallig‘lanish sitokinlarning (IL-1, IL-6, IL-8, TNF-α va laktoferrin) o‘rni ilk bor aniqlangan va preeklampsiyani profilaktikasi uchun TTK kasalligida homiladorlikning erta davrlaridayoq gestagen zarurligi isbotlangan va qo‘llanilgan;
ilk bor homiladorlikning erta bosqichlarida va davomiy kechishida og‘ir preeklampsiya rivojlanishini oldini olish hamda ona va homilada homiladorlikning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun mikronizatsiyalangan progesterondan foydalanish samaradorligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda TTK kasalligini diagnostika qilish, davolashni optimallashtirish va preeklampsiya profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kamqonlik bilan xastalangan homilador ayollarda preeklampsiya patogenezidagi immunologik buzilishlar va ularni tuzatish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligida 2018 yil 16 noyabrdagi №8 n-r/1307- son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ko‘llanma kamqonlik bilan xastalangan homilador ayollarda preeklampsiya oldini olish uchun gormon terapiyasini ko‘llash imkonini bergan.
“Surunkali temir tanqisligi kamqonligidan aziyat chekuvchi homilador ayollarda preeklampsiyaning profilaktikasi usullari” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligida 2019 yil 22 oktyabrdagi №8 n-r/440-son ma’lumotnomasi).Ushbu uslubiy tavsiyalar TTK kasalligi bor homilador ayollarni aniqlash, ularda PE rivojlanishining erta profilaktikasini, hamda ona va bola uchun muvaffaqiyatli natijani ta’minlash imkonini yaratgan.
Olingan natijalarning amaliyotda TTKni differensial tashhxislash va davolash, preeklampsiyaning erta profilaktikasini ko‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika perinatal markazi, Farg‘ona viloyat perinatal markazi va Andijon 1-shahar tug‘ruqxonasi, Farg‘ona shahridagi 6-sonli oilaviy poliklinika, Farg‘ona tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-d/256-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar xomiladorlarda TTKni tasxislash imkoniyatini oshhirgan, og‘ir preeklampsiya va uning asoratlarini 90% kamaytigan, ona va bola uchun tug‘ruqning ijobiy yakunlanishini ta`minlagan.