Koxxarov Mirzoxid Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «A tipidagi seolitlarda ion-molekulyar komplekslarni hosil bo‘lish energetikasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/K163. 
Ilmiy rahbar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Azamat Solievich, kimyo fanlari doktori; Baxronov Xayotbek Nurovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: A tipdagi seolitlarda suv va uglerod (IV) oksidilari adsorbsiya izotermasi va to‘liq termodinamik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SaA (M-22), SaA (M-34), Sa5Na3A (MSS-624) va Ca4Na4A (Xorst-50/50) seolitlariga suv bug‘i va uglerod (IV) oksidlari adsorbsiyasining asosiy energetik tavsiflari va izotermalari mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasi (MHTN) ikki va uch hadli matematik tenglamalari asosida qayta isbotlangan;
SaA (M-22), SaA (M-34), Sa5Na3A (MSS-624) va Ca4Na4A (Xorst-50/50) seolitlariga suv bug‘i va uglerod (IV) oksidlari adsorbsiyasiga asoslanib seolit bo‘shliqlarida mos ravishda kal`siy va natriy kationlarining soni va joylashishi aniqlangan;
suv bug‘i adsorbsiya issiqligi pog‘onali ko‘rinishda bo‘lib, issiqlikning yuqori pog‘onalarida bo‘lishi SaA (M-22), SaA (M-34) seolitlari SII bo‘shlig‘idagi Sa2+ kationlarida, Sa5Na3A (MSS-624) va Ca4Na4A (Xorst-50/50) seolitlari SII bo‘shlig‘ida dastlab Na+, so‘ng Sa2+  kationlarida adsorbsiyalanishi aniqlangan;
Sa5Na3A (MSS-624) va Ca4Na4A (Xorst-50/50) seolitlariga adsorbsiyalangan uglerod (IV) oksidi molekulalari SaA (M-22), SaA (M34) seolitlari adsorbsiyasi molekulalariga nisbatan termokinetikasi kam bo‘lishi isbotlangan;
Sa5Na3A (MSS-624) va Ca4Na4A (Xorst-50/50) seoliti tarkibidagi Sa2+ va Na+ kationlari hisobiga suv molekulalar daslab qo‘zg‘almas xolatda ekani  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
A tipidagi seolitlarda ion-molekulyar komplekslarni hosil bo‘lish energiyasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
A tipiga mansub SaA (M-22), SaA (M-34), Sa5Na3A (MSS-624) va Ca4Na4A (Xorst-50/50) adsorbentlarning nanostrukturasida suv va uglerod (IV) oksidi  adsorbsiyasi, izotermasi, entropiya va termokinetikalari FA-F-7-010 raqamli «Nanostrukturali fojazit tipidagi seolitlar panjarasi yuzasida ion-molekulyar klasterlarni energetikasi, tuzilishi va joylashishi» fundamental loyihasida fojizit tipidagi X va Y seolitlarda  benzol va ammiak sorbsiyalanish xossasini mexanizmlarini tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 13 fevraldagi 1-10/8-141-son ma’lumotnomasi). Natijada, A tipiga mansub SaA seolitlarda ba’zi molekulalarning to‘liq adsorbsiya mexanizmlarini ochish imkonini bergan;
oqova suv tarkibidagi organik qo‘shimchalardan tozalash SaA seoliti analogi Namangan viloyati «SUV OQOVA» DUKda «2021-2022yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 iyundagi 04-04/8-388-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlarni organik qo‘shimchalardan 90% tozalash imkonini bergan;
tabiiy gazlarni suv bug‘larini quritishda, uglerod IV oksidi va vodorod sul`fid molekulalaridan tozalash SaA seoliti analogi «O’ZLITINEFTGAZ» ADda «2021-2022yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 iyundagi 04-04/8-388-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazlarni suv bug‘laridan quritishda, uglerod IV oksidi va vodorod sul`fid molekulalaridan 90–92% gacha tozalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish