Kazakova Dilafruz Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipning notekisligiga ta’sir etuvchi omillar va ularni kamaytirish yo‘llari», 05.06.02 –To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1336.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Axunbabaev Oxunjon Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Melibaev Umarjon Xaydarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli aralashma tarkibi va yarim mahsulotlar namligini iplarning fizik-mexanik xossalariga ta’sirini tadqiq etish hamda mashina konstruktiv elementlarini o‘zgartirish orqali ip notekisligini kamaytirishga erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud loyihalash va zamonaviy bashoratlash usullarida ipning kerakli xususiyatlariga erishish shartini hisobga olgan holda turli assortimentdagi iplar uchun aralashma tarkibini tanlash usullari ishlab chiqilgan;
ip notekisligini kamaytirish imkoniyatlarini tahlil qilgan holda olib borilgan tadqiqotlar natijasida diskretlovchi barabanning yangi konstruktiv elementlari ishlab chikilgan;
miqdoriy tarkibi turlicha bo‘lgan tolalar aralashmasidan olingan pilikning ip uchun mo‘ljallangan vakuum-bug‘lash apparatida bug‘lash usulida namligi o‘zgartirilganda yigirilgan iplarning xossa ko‘rsatkichlari yaxshilanishi aniqlangan;
iplarning notekisligiga ta’sir qiluvchi omillarni rejali boshqarish asosida notekislikning minimal ko‘rsatkichini ta’minlaydigan jarayonning ratsional parametrlari aniqlangan;
yigirish korxonalarida sifatli ip olishni ta’minlovchi xomashyo aralashmasi tarkibi va namlik darajasining ratsional nisbatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yigirish korxonasida diskretlovchi baraban konstruktiv elementlarini o‘zgartirish hamda ip ishlab chiqarishda aralashma tarkibi va namlikning optimal varianti ishlab chiqilishi hisobiga ip sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diskretlovchi baraban konstruktiv elementlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonada, xususan. “RUSTEX INVEST PRODUCTS” MChJ korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 7 fevraldagi 04/18-382-son ma’lumotnomasi). Natijada diskretlash jarayonida tola oqimining yuqori darajada bir me’yorda bo‘lishi natijasida olingan ip sifati ko‘rsatkichlari 5% oshishi ta’minlangan;
aralashma tarkibi va namlik miqdorini optimallashtirish uslubi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonada, xususan, MChJ “JIZZAKH TEXTILE” XKda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 7 fevraldagi 04/18-382-son ma’lumotnomasi). Natijada tolalarning uzilish kuchi mavjud texnologiyada qayta ishlanganiga nisbatan 4,38 dan 4,43 sN gacha, solishtirma uzilish kuchi 25,7 dan 26,58 sN/teks gacha hamda toladan olinadigan ipning solishtirma uzilish kuchi 11,86 dan 14,12 sN/teks gacha oshganligi aniqlangan.