Hojieva Zarina Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy matnning milliy-madaniy xususiyati (turli tizimli tillar materiali asosida)», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil768.
Ilmiy rahbar: Ashurova Dilyaram Umarovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston  milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: olamning milliy-madaniy manzarasi va uni badiiy matnda reprezentatsiyalovchi til birliklarini kompleks tarzda kognitiv-lingvomadaniy tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matn antropotsentrizmi olamning individual-mualliflik manzarasini, muayyan etnosning milliy madaniyatini, mentalitetini, turmush tarzini, uning an’analari va madaniy qadriyatlarini aks ettirishi asoslangan; 
stilistik vositalar muayyan tarixiy, badiiy, mifologik, diniy va boshqa xarakterdagi bilimlar strukturasini etkazib beruvchi kognitiv model ekanligi isbotlangan; 
milliy-madaniy xususiyat matnda milliy markerlangan til birliklari (so‘z-realiyalar, frazeologik birliklar), milliy shartlangan madaniy konseptalar, milliy markerlangan stilistik vositalar va kontekstlar, milliy madaniyatga aloqador milliy an’analar, marosimlar va hodisalarda namoyon bo‘lishi dalillangan;
olamning milliy manzarasi  tilshunoslikda qayd etilgan olamning sodda manzarasi, olamning ilmiy manzarasi, olamning badiiy manzarasi, olamning individual-mualliflik manzarasi kabi manzara tiplari bilan chambarchas bog‘liqligi asoslangan;
milliy-madaniy o‘ziga xoslikda ramz, allyuziya, metafora, litota kabi stilistik vositalarning muhim ahamiyatga egaligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
badiiy matnda olamning milliy manzarasini yaratuvchi til birliklarini kognitiv va lingvomadaniy tahlil qilish natijasida qo‘lga kiritilgan nazariy va amaliy natijalar asosida:
kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, olamning lisoniy manzarasi, olamning milliy lisoniy manzarasi, badiiy matnning kognitiv, lingvomadaniy va gender aspektlari bo‘yicha nazariy fikrlar, shuningdek so‘z-realiyalar, frazeologik birliklar, stilistik vositalar va madaniy konseptlarning milliy-madaniy xususiyatini o‘rganish bo‘yicha amaliy material va xulosalardan №ITD-1, A-1-209 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish hamda o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-86 son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga erishilgan;
badiiy matnning etnolingvistika, kognitiv lingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, shuningdek, gender tilshunoslik singari tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan tahlil natijalaridan OT-A1-018 raqamli ITD-1-07 “Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-86 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan darslik, o‘quv-metodik majmualar va ularning elektron versiyalarini boyitishga xizmat qilgan;
zamonaviy tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslikning nazariy va amaliy asoslarining dolzarb muammolari, olamning lisoniy manzarasi tushunchasi va uning milliy xususiyati, lingvistik vositalarning milliy-madaniy xususiyati bo‘yicha olingan ma’lumotlardan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasi doirasida audioma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-86 son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy va amaliy material audioto‘plam mazmunining o‘zgartirilishiga turtki bo‘lgan.
leksik vositalarning etnolingvistika, kognitiv lingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, shuningdek gender tilshunoslik singari tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan tahlili, til hodisalarining milliy-madaniy xususiyatini o‘rganish bo‘yicha amaliy ma’lumotlardan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank moliya terminlarining ko‘ptilli lug‘atlarini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-86 son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy material lug‘atlarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnning milliy-madaniy xususiyati masalasi bo‘yicha nazariy fikr va amaliy ma’lumotlar «O‘zbekiston” teleradiokanalining «Tilga e’tibor», «Assalom, O‘zbekiston!» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston”teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 27 noyabrdagi 01-13-2470 son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsion tadqiqot ma’lumotlari mazkur ko‘rsatuvlarning omalashuvi va ilmiy saviyasining oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish