Batoshov Avazbek Risqulovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog‘larining florasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 14.07.2016/B2016.3.V174.

Ilmiy maslahatchi: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, 14.07.2016.V.15.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Madumarov Tolibjon Abdumalikovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog‘lari florasining konspektini tuzish va Tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasi tarkibida botanik-geografik rayon sifatidagi mustaqil o‘rnini asoslashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog‘lari florasining 69 oila, 355 turkum va 781 turdan iborat bo‘lgan konspekti tuzilgan, shulardan 412 tur tadqiqot hududi uchun ilk bor keltirilgan;

floraning taksonomik tarkibi va turlarning areal tiplari bo‘yicha taqsimlanishi aniqlangan, yetakchi oilalar va o‘simlik qoplamining qiyoslanishi asosida Janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog‘lari florasining boshqa qoldiq tog‘lardan farqlanishi isbotlangan;

janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog‘larini botanik-geografik tavsifi keltirilgan va floraning kelib chiqishi tog‘li mintaqalar bilan bog‘liqligi isbotlangan hamda Nurota okrugi tarkibida Nurota oldi botanik-geografik rayonining mustaqil o‘rni ochib berilgan;

yuksak o‘simliklar, kamyob, yo‘qolib borayotgan va endem turlarning davlat kadastri amalga oshirilgan;

floraning ma’lumotlar elektron bazasi va turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari tuzilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog‘lari florasini tadqiq qilish doirasida olingan natijalar asosida:

flora konspekti, GAT xaritalar va ma’lumotlarning elektron bazasi tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yil 9 fevraldagi № OE-02/19-625-son ma’lumotnomasi; O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish Respublika davlat inspeksiyasining 2016 yil 9 fevraldagi №19-04/90-son ma’lumotnomasi). Ma’lumotlar muhofaza etiladigan turlar tarkibini aniqlashtirish, kamyob, yo‘qolib borayotgan va endem turlarni muhofaza qilish, davlat kadastrini yuritish va tabiatni muhofaza etishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;

yuksak o‘simliklarning 69 oilasiga mansub 1255 gerbariy namunalari, xususan, hudud uchun kamyob, endem, O‘zbekiston florasi uchun yangi bo‘lgan tur namunalari O‘rta Osiyoda gerbariy namunalari soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan respublika «Noyob ob’ekti» – Markaziy gerbariyga (TASH) taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2016 yil 20 sentyabrdagi №5/1255-1172-sonli ma’lumotnomasi). Bu namunalar mazkur hududdan yig‘ilgan gerbariy fondini boyitishga xizmat qilib, turlar tarkibini aniqlashtirish, oila va turkumlarini sistematik tahlil qilish hamda O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasi – FLORUZ axborot-tahlil tizimini shakllantirish davomida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish