Ergasheva Gulchehra Turobovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Chang cholg‘usining genezisi va rivojlanish jarayonlari” (changsimon cholg‘ular misolida), 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San 41.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi PhD.03/30.12.2019.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Asliddin Nizomov san’atshunoslik fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi), Saida Qosimxo‘jaeva san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat San’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chang va changsimon cholg‘ularning shakllanish tarixi va taraqqiyoti, ularning shakli, ijro an’analari, iste’molda bo‘lishi, «o‘zbek chang»ining milliy xususiyatlari va fenomenini aniqlashdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo musiqa madaniyatida keng ommalashgan chang va changsimon cholg‘ularning yuzaga kelishi, shakllanishi Sharq va G‘arb xalqlarining madaniy sintezi asosida rivojlanganligi isbotlangan; 
milliy chang cholg‘usining ijro an’analari va hozirgi o‘zbek musiqa madaniyatidagi ijtimoiy mavqei va badiiy (ijodkorlik va ijrochilik) ahamiyati aniqlangan;  
chang ijrochiligi rivojiga hissa qo‘shgan uchta etuk sozanda (F.Sodiqov, F.Harratov, A.Odilov) ijro maktablarining o‘ziga xos jozibador ijro uslublari aniq dalillar bilan asoslangan; 
zamonaviy chang cholg‘usining konstruksiyasiga o‘zgartishlar kiritilgan: cholg‘u qutisining yuqori qismi 4-5 sm. kengaytirilib, torlarni tortib turuvchi quloqchalar ostidagi yog‘ochlar bo‘ylama va ko‘ndalang tarzda joylashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chang va changsimon cholg‘ularning rivojlanish jarayonlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Toshkent» teleradiokanalining «Toshkent vaqti» ko‘rsatuvi «Musiqa va ilm» sahifasida (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 25 iyuldagi 01-17-588 son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlar o‘zbek chang cholg‘usining kelib chiqishi va taraqqiyoti haqida bilimlarga ega bo‘lish imkonini bergan; 
chang cholg‘usini takomillashtirish jarayoniga va yangi ijro uslublarni yaratilishiga mohir chang ijrochisi A.Odilovning qo‘shgan hissasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» radiokanalining 103,1 to‘lqini «Virtuoz» eshittirishida (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 5 iyundagi O'z/K-1-108 son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada radiotinglovchilar zamon talabiga moslashgan yangi ko‘rinishdagi chang cholg‘usining keng ijro imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini bergan; 
mohir ijrochilar (F.Sodiqov, F.Harratov, A.Odilov)ning ijro an’analari va o‘ziga xos uslublari haqida olingan natijalar A.Lutfullaev muallifligida tayyorlangan «Xalq cholg‘ularida ijrochilik (Chang)» nomli o‘quv qo‘llanmasining 1-bo‘limi («Chang ijrochiligi nazariyasi va tarixi») 3-mavzusida («Chang ijrochilik maktablarining shakllanishi»)  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 89 02 1663-son ma’lumotnomasi). Natijada ustoz san’atkorlarning o‘ziga xos ijro uslublari yosh sozandalar uchun amaliy ko‘nikma bo‘lib xizmat qilgan; 
chang cholg‘usining tovush tarovatini yaxshilash borasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi «Milliy cholg‘u» Ilmiy ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasida yasalgan chang cholg‘usida (inv. № 2537. Usta T.Mirzaev) foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi  № 01-11-10-8953-son ma’lumotnomasi). Natijada chang cholg‘usining soz ushlash davomiyligi oshgan, yuqori registr pardalarining ovozi mayinlashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish