Bekchanov Davronbek Jumazarovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polivinilxlorid asosida azot va fosfor tutgan ionitlarning olinishi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04–Fizik kimyo, 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA № 0000941/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.K85.
Ilmiy maslahatchi: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.K.01.02.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmonberdiev Gappor, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxloridni modifikatsiyalab, tarkibida azot va fosfor guruhlarini tutuvchi anionit va poliamfolitlar olish hamda ularning fizik-kimyoviy va sorbsion xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor munchoqsimon polivinilxlorid asosida anionalmashuvchi sorbent olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
reaksiyaning modifikatsiyalanayotgan polivinilxloridning g‘ovakli strukturasiga bog‘liqligi hamda geterogen jarayonlar kinetikasi qonuniyatlariga bo‘ysunishi isbotlangan;
munchoqsimon polivinilxlorid asosida olingan anionitni fosfit kislota bilan modifikatsiyalab, tarkibida azot va fosfor guruhlari tutgan kompleks xossaga ega bo‘lgan ionalmashuvchi material olingan va ular olinishining maqbul sharoiti ishlab chiqilgan;
ionitlarning yuqori sorbsion xossaga, termik va mexanik barqarorlikka ega ekani hamda olingan parametrlari bo‘yicha sanoatda qo‘llanadigan AN-31 anionitdan farq qilmasligi aniqlangan;
anionit va polikompleksonlar xromat, mis, vanadiy, nikel`, indiy ionlari va yodga nisbatan yuqori sorbsion xossaga ega ekani hamda tarkibida mis (II), nikel` (II), rux (II) va kobal`t (II) ionlarini murakkab eritmasidan dinamik sharoitda metall ionlari ajratilib, poliamfolitni mis (II) ionlariga nisbatan selektivligi yuqori ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Munchoqsimon polivinilxlorid asosida ionitlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
munchoqsimon polivinilxlorid asosida tarkibida azot va fosfor guruhlarini tutgan yangi poliamfolit olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (16.05.2016 y. № IAP 05232). Ilmiy tadqiqotlar natijasida import o‘rnini bosuvchi yangi polimer sorbentlar sintez qilish imkoniyatlari yaratiladi;
yangi polimer sorbentlar gazlarni tozalashda qo‘llanadigan metildietanolamin tarkibidagi ifloslantiruvchi termik barqaror tuzlarning miqdorini kamaytirish uchun «Farg‘onaazot» AJda amaliyotga tatbiq etildi («Farg‘onaazot» AJning 2016 yil 26 iyuldagi 37/3768-son ma’lumotnomasi). Bunda mahalliy xomashyo asosida olingan sorbentlarga ega bo‘lgan uskuna metildietanolamin tarkibidagi termik barqaror tuzlar miqdorini 1,5% ga kamaytirish imkonini beradi.