Numonova Dildor Umurzoqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston zamonaviy ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ayollar mas’uliyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FaI 220.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘ravoy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Annaeva Nazokat Rajapbaevna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning zamonaviy ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ayollar mas’uliyatini oshirishni ijtimoiy-falsafiy tadqiq qilish va ilmiy–nazariy tadqiqotlar natijasida konstruktiv taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtiroki uchun demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy-ma’naviy muhit mezonlari (tartib, qoidalar) zaruriyati izchillilik, tizimlilik va komplekslilik tamoyili asosida isbotlangan;
siyosiy intellektning kreativlik, ijodiy faollik va evristik echim singari xususiyatlari ayollarning mas’ulligini oshirishda muhim tamoyil ekanligi asoslangan;
ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotdagi ishtirokini ta’minlaydigan ijtimoiy tizim zarurati ilmiy-qiyosiy tahlil vositasida dalilangan;
ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda strategik, taktik va zamonaviy-davriy yo‘nalishlarini yuzaga keltirgan gneseologik va aksiologik sabablari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston zamonaviy ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ayollar mas’uliyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili asoslarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok qilishi uchun demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy va ma’naviy muhit mezonlariga oid ilmiy xulosalaridan A-1-163 raqamli “Demokratik islohotlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi amaliy loyihaning uchinchi bosqichdagi rejalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 noyabrdagi 89-04-2637-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Falsafa”, “Ijtimoiy falsafa” fanlari mazmunini boyitishga, takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirish hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
siyosiy intellekt ayollarning mas’ulligini oshirishda muhim tamoyil ekanligi ilmiy asoslab berilganligiga oid falsafiy metodologik tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019 yil 23 may kuni Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Taraqqiyot modeli-rivojlanish va islohotlar jarayonining asosi” deb nomlangan tadbir dasturi ssenariyasini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqti Markaziy Kengashining 2019 yil 27 noyabrdagi 04-13/5948-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar kasbiy mahoratini oshirib borishga va dasturlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotdagi ishtirokini ta’minlaydigan ijtimoiy tizim zarurati ilmiy-qiyosiy tahliliga doir konseptual jihatdan asoslangan ilmiy-ommabop g‘oyalaridan Navoiy teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatilgan «Yoshlar va zamon», «Ayollar maktabi», «Qalb halovati», «Diyor-24» singari ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 2 iyuldagi 01-02/149-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida yoshlar va ayollarning zamonga mos ravishda intellektual salohiyatini hamda ularni jamiyatdagi mas’uliyatini oshirishga, milliy ma’naviyatini yuksaltirishga, yoshlar va ayollar orasida Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini kuchaytirishga xizmat qilgan;
ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligining demografik hamda mintaqaviy xususiyatlariga oid ilmiy taxlillardan Navoiy viloyat «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan mahallalarda “Vatanga muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, ma’naviy qadriyatlar mohiyatini anglashda ayol-onaning o‘rni” mavzusidagi tadbir dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019 yil 10 iyuldagi 680-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatimizdagi oilalarda ayollar mas’uliyatini yanada oshirish va zamonaviy ta’lim-tarbiya berishga hamda sifatini oshirishga xizmat qilgan.