Sultonov O‘ktambek Abdulg‘anievichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Toshkent vaqf xo‘jaligida an’analar, islohotlar va muammolar (XVI–XX asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida)», 07.00.07–Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tarix fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tar32.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh, ilmiy darajasi va unvoni: Babadjanov Baxtiyor Miraimovich, tarix fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Sharq qo‘lyozmalari markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, Tarix instituti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Sharq qo‘lyozmalari markazi, 14.07.2016.Tar.01.06 raqamli ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Isxoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor; Agzamova Gulchehra Azizovna, tarix fanlari doktori; Florian Shvars (Germaniya), tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent islom universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: XVI–XX asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida Toshkent vaqf xo‘jaligining an’analari, o‘tkazilgan islohotlar, muammolari va ularning sabablarini ochib berishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tarixiy hujjatlarning paleografik va diplomatik xususiyatlari transformatsiyasi, jumladan hujjatlar qog‘ozi, yozuv turlari, hujjat tili va matn tuzilishi xususiyatlari ochib berilgan;

vaqf sohasidagi qonunchilik aktlarining yuzaga kelish sabablari, ularning funksiyasi va vaqf xo‘jaligini tartibga solishdagi ahamiyati aniqlangan;

Toshkent hududida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab vaqf qilinadigan ekin erlarning maydalashishi va qisqarishi vaqf asoschilarining ijtimoiy tarkibidagi o‘zgarish bilan bog‘liqligi hamda bu jarayon 1867 yildan keyin er vaqf qilishning cheklanishi natijasida kuchaygani aniqlangan;

vaqf hujjatlari asosida Turkiston o‘lkasida vaqf mulklari taftish qilingan va qattiq nazorat o‘rnatilgan 1887 yildan so‘ng Toshkent hududida yangi vaqflar tashkil etish keskin kamaygani asoslab berilgan;

Toshkent vaqf xo‘jaligida O‘rta Osiyoning boshqa hududlaridan farqli ravishda savdoning «bayi joyiz», ya’ni mulkni garov evaziga sotish turi amaliyotda qo‘llanilmagani, pul vaqf qilish hamda «vaqfi avlodiy» mulk turlari Xiva xonligi va Buxoro amirligidagidek ommalashmagani asoslab berilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Toshkent vaqf xo‘jaligining an’analari, islohotlari va muammolari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

tarixiy hujjatlar strukturasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar Marburg universitetida (Germaniya) bajarilgan «Asnad.org» loyihasida (2008–2015 yy.) XIX asrda O‘rta Osiyo qozixonalarida hujjatlar tuzish an’analari hamda matn tuzilishda yuz bergan o‘zgarishlarni asoslashda foydalanilgan (Marburg universitetining 2016 yil 10 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘rta Osiyoda vaqf mulklarini qonuniylashtirish jarayoni, uning davlat tomonidan nazorat qilish tizimidagi farqli jihatlarni aniqlashga xizmat qilgan;

vaqf munosabatlariga oid yorliqlar, oldi-sotdi, ijara va boshqa hujjat turlari hamda ulardan amaliyotda foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar Tarix institutida bajarilgan FA-F8-043: «XIX asrning so‘ngi choragi – XX asr boshlarida Buxoro va Xiva xonliklari tarixi» (2007–2011 yy.) mavzusidagi loyihada vaqf mulkchiligiga oid hujjatlarning huquqiy-tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini asoslashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlash-tirish qo‘mitasining 2016 yil 27 iyuldagi FTQ-0313/489-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar xonliklar davri qonunchilik aktlari va qozixona hujjatlari asosida O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy hayotida vaqf mulkchiligi o‘rnini kengroq yoritish imkonini bergan;

Toshkent shahri va viloyatida joylashgan 9 ta arxitektura yodgorligiga oid ilmiy yangiliklar Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarkibidagi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining me’moriy obidalarning pasport-ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2016 yil 25 martdagi 01-11-08-1670-son ma’lumotnomasi). Yangi ma’lumotlar tegishli arxitektura yodgorliklarini qurilgan davri, qiyofasi haqidagi faktlar asosida ta’mirlash, ularning haqqoniy tarixini targ‘ib qilish va mintaqada turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan;

Toshkent hududidagi me’moriy yodgorliklar tarixi va faoliyati bo‘yicha olingan natijalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada masjid va madrasalar tarixini yoritishda foydalanilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2016 yil 17 iyuldagi 3383-son ma’lumotnomasi). Qo‘lga kiritilgan ilmiy yangiliklar Toshkent shahri va viloyatidagi qadimiy madrasa va masjidlarning haqiqiy tarixini asl manbalar asosida yoritish va ularning rasmiy internet saytlarini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish