Norov Otajon Shomurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi o‘zbek she’riyatining janr xususiyatlari va yetakchi tamoyillari», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil707.
Ilmiy rahbar: Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori; Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lirik janr shakllanishi qonuniyatlarini motiv va kechinma tabiatining bog‘liqligini o‘rganish orqali ko‘rsatish;  
lirik ifodaning o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflashda badiiy tafakkurning poetik va falsafiy  mushohada bilan uyg‘unligini asoslash;
zamonaviy she’riyatda voqeaband lirikaning o‘rnini aniqlash, umumiy va farqli tomonlarini belgilash, poetik mazmun tahlilini amalga oshirish;
obraz va obrazlilik hamda lirik makon va zamon masalalariningpoetik janr tabiatini belgilashdagi ahamiyatini ochib berish;
lirik kechinma ta’sirchanligini badiiy tasviriy vosita va usullar yordamida kuchaytirishda shoirlarning individual yondashuv mezonlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
zamonaviy o‘zbek she’riyati taraqqiyoti tamoyillarinining ijtimoiy-psixologik omillari ochib berilgan;
poetik fikr takomilida jahon va o‘zbek she’riyatiga xosan’analar sintezining tutgan o‘rni qiyosiy aspektdadalillangan;
falsafiy-estetik g‘oya yaxlitligini ko‘rsatishda modifikatsiya tamoyili hamdajanriy izlanishlar uyg‘unligi ilmiy asoslangan;
bashariy muammolarning badiiy talqinida yetakchi o‘rin tutuvchi janrlar strukturasianiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi o‘zbek she’riyatidagi asosiy tamoyillar va janr xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olinga ilmiy natijalar asosida: 
falsafiy-estetik g‘oya yaxlitligini ko‘rsatishda modifikatsiya tamoyili hamda janriy izlanishlar uyg‘unligi oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida  bajarilgan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida  foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 11 fevraldagi 51/1-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqlol  davri she’riyati janrlarining o‘ziga xos belgilarini oydinlashtirishga erishishga imkon yaratilgan;
hozirgi o‘zbek she’riyatining inson ruhiyatini tahlil va taftish qilishi, lirik kechinma va motiv masalasi har doim ham obrazlilikni tashkil etishi, unda olam va odam muammolari badiiy uyg‘unlik kasb etib, jamiyat taqdiri bilan bog‘lanib ketishi, lirik syujet va g‘oya muvofiqligiga oid ilmiy natijalaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining she’riyat va adabiy tanqid kengashlari, uyushmaning Qashqadaryo bo‘limi qoshidagi “Yoshlik ilhomlari” ijodiy to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 19 noyabrdagi  №01-03-06/1312 sonli ma’lumotnomasi). Natijada uyushmaning adabiy jarayonni ilmiy-nazariy va ilmiy-metodologik baholashga oid faoliyatining yanada yuksalishiga erishilgan;
shoirlar ijodining g‘oyaviy-badiiy, voqelikni badiiy idrok etish hamda ifodalash, poetik yangilanish hamda shakliy-uslubiy izlanishlariga oid ilmiy xulosalardan  “Ma’naviyat sarchashmalari” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 yanvardagi 12-15/97-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni ifodalashda lirik she’riyatning ahamiyatiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish