Zaynolobidinova Sapuraxon Malikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polikristall yarimo‘tkazgichlarda chegaraviy holatlarni elektron ko‘chishiga ta’siri», 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM480.
Ilmiy rahbar: Onarqulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.30.08.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Turg‘unov Nozimjon Abdumannopovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yagona model` asosida tashqi g‘alayonlantiruvchi omillar ta’sirida polikristall yarimo‘tkazgichlarda kuzatiladigan effektlarning keng spektrini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
polikristallarda elektron sirt holatlarda asosiy zaryad tashuvchilarning tutilishi hisobiga kristallit chegarasida hosil bo‘ladigan potensial to‘siqlarning xosliklari o‘rnatilgan;
polikristall materiali va sirt holatlari elektron spektrining asosiy parametrlariga bog‘liq holda kristallit chegarasidagi potensial to‘siq shaffofligini hisoblash usuli topilgan;
ko‘ndalang Nerst-Ettingauzen effekti qonuniyatlarini o‘rganishdan polikristall yupqa pardalar kristallit chegarasida zaryad tashuvchilar sochilishi fizikaviy mexanizmi o‘rnatilgan;
anomal fotokuchlanish effektini tushuntirishda kristallitlar chegarasida qaytarish qobiliyati natijasida polikrsitallarda yorug‘likning anizatrop yutilish tasavvuri qo‘llanilgan;
yarimo‘tkazgichning tipidan qat’iy nazar fotodiffuziyaviy ko‘rinishidagi anomal fotokuchlanish effektini polikristallarda umumiy mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yagona model` asosida tashqi g‘alayonlantiruvchi omillar ta’sirida polikristall yarimo‘tkazgichlarda kuzatiladigan effektlarning keng spektrini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polikristall materiali va sirt holatlari elektronaviy spektrining asosiy parametrlariga bog‘liq holda kristallit chegarasidagi potensial to‘siq shaffofligini hisoblash usulidan Fargona davlat universitetida 2012-2014 yillarda bajarilgan ITD-12-56 rakamli “Yarimo‘tkazgich termoelektrik materiallarni olish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 89-03-4110-son ma’lumotnomasi) Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish fotodiffuziyaviy ko‘rinishidagi anomal fotokuchlanish effektining polikristallardagi umumiy mexanizmini yaratish imkonini bergan;
polikristall materiali va sirt holatlari elektronaviy spektrining asosiy parametrlariga bog‘liq holda kristallit chegarasidagi potensial to‘siq shaffofligini hisoblash usuli, ko‘ndalang Nerst-Ettingauzen effekti qonuniyatlarini o‘rganishdan polikristall yupqa pardalar kristallit chegaralarida zaryad tashuvchilar sochilishi fizikaviy mexanizmi xamda yarimo‘tkazgichning tipidan qat’iy nazar fotodiffuziyaviy ko‘rinishidagi anomal fotokuchlanish effektini polikristallarda umumiy mexanizmidan “FOTON” AJda elektron texnika asboblari ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan (UZELTEXSANOATning 2020 yil 13 fevraldagi 04-1/401-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish elektron texnika asboblarining ishchi parametrlarini barqarorlashtirish imkonini bergan.