Majidov Abduvali Turg‘unpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘g‘ri oqimli tola ajratish qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.4.PhD/T737.
Ilmiy rahbar:Safarov NazirjonMuhammadjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi:Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Namangan muhandislik-texnologiya instituti,PhD.03/30.12.2019.01.
Rasmiy opponentlar:Jumaniyazov QadamJumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobamatov Abdug‘ani Xusainovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:Jizzax politexnika instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘g‘rioqimli tola ajratish mashinasining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan jinlash jarayonida tolaning uzilishi va chigitning mexanik shikastlanishini bartaraf etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘ri oqimli tola ajratish texnologik jarayonini amaliy o‘rganish natijasida kichik o‘lchamli, o‘zaro kontaktda bo‘lgan va qarama-qarshi aylanuvchi jinlash valiklarining tolani ilashtirish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan tolani chigitidana jratish mumkinligi isbotlangan;
kichik o‘lchamli, o‘zaro kontaktda bo‘lgan v aqarama-qarshi aylanuvchi valiklar hamda ularga ilashgan paxta bo‘lakchasi harakatlarini o‘rganish natijasida paxta chigitining o‘z o‘qi atrofida aylanishi va toladan tozalanishini ta’minlovchi kompanovkasi va parametrlari ishlab chiqilgan;
tolani chigitidan ajratish jarayonida jinlash valiklari va yakka chigitli paxtaning o‘zaro harakatlarini nazariy tadqiq qilish yo‘li bilan, birvaqtda ishlanadigan xom-ashyo massasini ko‘paytirishni ta’minlovchi, bir necha valik juftliklari bita og‘ma tekislikda ketma-ket joylashgan tola ajratish qurilmasi konstruksiyasi yaratilgan;
jinlash valiklari juftligi va ularga ilashgan paxta bo‘lakchasining o‘zaro nisbiy harakati nazariy o‘rganilganda, jinlash jarayoni jadalligi jinlash valiklarining chigitni qamrash burchagiga bog‘liqligi aniqlangan;
yangi qurilma parametrlarining jinlash jarayoniga ta’siri amaliy o‘rganilganda, valiklarning ish unumi va mahsulot sifati oshishini ta’minlovchi diametri, ular orasidagi masofava ular joylashgan tekislikning gorizontal tekislikka nisbatan og‘ish burchagi ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinlash jarayonida tola vachigit mexanik shikastlanishi hamda elektr sarfini kamaytirish maqsadida olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘g‘ri oqimli tola ajratish qurilmasi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Kosonsoy paxta tozalash” AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 18 oktyabrdagi 03-18/6056-son ma’lumotnomasi). Natijada chigit mexanik shikastlanishi kamayishi hisobiga toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushi 1,9%ga pasayishiga erishilgan;
to‘g‘ri oqimli tola ajratish qurilmasi va uning ratsional parametrlari “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK Namangan viloyati filiali Sinov laboratoriyasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 18 oktyabrdagi 03-18/6056-son ma’lumotnomasi). Natijada tolalar tarkibidagi kalta tolalar indeksi 24,6%ga kamayishi, solishtirma uzilish kuchi 0,6gs/teksga ortishi, tolalarning nur qaytarish qobiliyati 0,61%ga, tolalarning sariqlik darajasi 0,65%ga pasayishi ta’minlangan.