Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Karbonat, bikarbonat va natriy gidroksid asosida texnik yuvish vositalari va seskvikarbonat natriy olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA № 0001870/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.T475.
Ilmiy maslahatchi: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, 14.07.2016.K/T.14.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor; Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Maxsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: «O‘zog‘irneftgazloyiha» davlat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik va noorganik faol qo‘shimchalar ishtirokida natriy karbonati, gidrokarbonati va gidroksidlari asosida natriy seskvikarbonati, super-ishqor va texnik yuvish vositalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor natriy karbonati, bikarbonati, xloridi, sul`fati va suvdan iborat uch va to‘rt komponentli sistemalarni nazariy tahlil qilish orqali natriy seskvikarbonat hosil bo‘lishning qulay sharoitlari aniqlangan;
natriy xloridi va sul`fatlari ishtirokida natriy seskvikarbonat sintez qilish jarayonining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan, unga ko‘ra jarayon harorati 600S va NaNCO3 : Na2CO3 nisbati 0,15–0,25 oralig‘ida bo‘lganda natriy seskvikarbonatni kristallanish maydoni 7,5% dan 22,85% gacha, mahsulot chiqimi esa 64,8% dan 83% gacha oshishi isbotlangan hamda trona olishning yangi texnologiyasi yaratilgan;
texnik yuvish vositalarining fizik-kimyoviy xossalari va texnologik omillarining (zichlik, qovushqoqlik, yuvish qobiliyati hamda ko‘pikning barqarorligi) tarkibi, nisbati va komponentlarning turi o‘rtasidagi bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor kompozisiya tarkibiga kiruvchi organik hamda noorganik faol qo‘shimchalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularning soda mahsulotlari bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilib, yaxshi xususiyatlarga ega bo‘lgan texnik foydalanish uchun mo‘ljallangan kukunsimon va suyuq yuvish vositalari kompozisiyasi yaratilgan;
kaustik soda ishlab chiqarishning shlamli chiqindisidan olingan chistolning yuqori fizik-kimyoviy va tovar xususiyatlarga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida natriy seskvikarbonat va texnik yuvuvchi vositalarni olishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy seskvikarbonat, super-ishqor, texnik kukunsimon va suyuq yuvish vositalarni olishning tashkilot standartlari ishlab chiqilib, «Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 15510698–06:2016, Ts 15510698–05:2016, Ts 15510698–02:2016, Ts 15510698–01:2016). Natijada natriy seskvikarbonat, yuvuvchi va tozalovchi vositalarni mahalliy xomashyolardan ishlab chiqarish imkoni yaratildi;
texnik yuvish vositalarining suyuq kompozisiyalari va texnik yuvuvchi vosita olishga oid ishlab chiqilgan texnologiyalar «Qo‘ng‘irot soda zavodi»da amaliyotga tatbiq etilgan («Qo‘ng‘irot soda zavodi» UKning 2015 yil 19 sentyabrdagi 3266-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarni amaliyotga joriy qilish valyuta evaziga respublikamizga import qilinadigan texnik yuvuvchi va tozalovchi vositalarni chetdan olib kelinishini kamaytirish imkonini beradi.