Xudayqulov Shavkatbek Soyibjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arrali jin silindri qayishqoq tayanchli podshipnik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T461.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti va Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Hamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Salimov Alisher Mashrabboevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: jin mashinasi arrali silindri qayishqoq elementli podshipnik tayanchining resurstejamkor, titrashga barqaror konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayishqoq materiallarning deformatsiyalanish va vibratsiyani so‘ndirish xususiyatlarini hisobga olgan holda jinning arrali silindri qayishqoq elementli podshipnik tayanchiga ega bo‘lgan samarali, vibroizolyasiya qiluvchi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
arrali silindrning tebranish amplitudasi, chastotasi va dinamik koeffisientini hisoblash formulalari tahlili natijalaridan kelib chiqib, arrali silindr tebranish amplitudasining aylanish chastotasi va qayishqoq podshipnikli tayanch bikrligiga ta’siri aniqlangan;
arrali silindr vertikal siljishi va tezligining o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda arrali silindr tebranish amplitudasiga jinlanayotgan paxta massasining ta’siri aniqlangan;
qayishqoq tayanchli podshipnik dinamik xususiyatlarini inobatga olib, arrali silindrni egilishga hisoblashning analitik usuli ishlab chiqilgan;
asinxron elektr yuritgich mexanik xarakteristikasi va paxtaning texnologik qarshiligini inobatga olib, arrali silindr yuritish mexanizmi bo‘lgan mashina agregatining matematik modellari ishlab chiqilgan va arrali silindr validagi burchak tezlik va burovchi momentning paxta texnologik qarshiligiga bog‘liqligi aniqlangan;
arrali silindrning aylanma va egilish tebranish qonuniyatlari rezinali tayanch bikrligini hisobga olib, arrali silindr validagi burovchi moment o‘zgarishining jin ish unumiga va podshipnikli tayanch qayishqoq elementi aylanma bikrlik koeffisientiga bog‘liqligi asoslab berilgan;
to‘liq omilli tajribalar natijalari asosida qayishqoq podshipnikli tayanchi bo‘lgan arrali silindr parametrlarining optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arrali jin silindrlari uchun qayishqoq elementli podshipnik tayanchi ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
arrali jin silindrlari uchun qayishqoq elementli tayanch podshipnik konstruksiyasiga O‘zbekiston Intelektual mulk agentligining foydali modelga patent olingan («Aylanish vallari tebranishlarini yo‘qotish uchun tayanch», №FAP 01340-2018y). Natijada arrali val egilishi va tebranishlari pasayishi hisobiga arrali silindr vali, podshipniklar hamda korpus detallarining ishlash muddati 4,0-4,5% martaga oshgan va shovqin sezilarli darajada pasaygan;
qayishqoq elementli tayanchga ega bo‘lgan arrali jin silindri "O‘zpaxtasanoat" AJ tizimidagi "To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash" korxonasida o‘rnatilgan ("O‘zpaxtasanoat" AJning 2019 yil 18 oktyabrdagi 03-18/6057-son ma’lumotnomasi). Natijada toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushi miqdori o‘rtacha 0,5% ga, chigitning mexanik shikastlanish darajasi 0,2% ga kamaygan, tola chiqishi 0,4% ga oshgan;
arrali silindrga mo‘ljallangan qayishqoq elementli podshipnik tayanch konstruksiyasi “Mingbulok paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan ("O‘zpaxtasanoat" AJning 2019 yil 18 oktyabrdagi 03-18/6057-son ma’lumotnomasi). Natijada toladagi iflosliklar va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushi miqdori o‘rtacha 0,3% ga pasaygan, chigitning mexanik shikastlanish darajasi 0,4% ga kamaygan, tola chiqishi 0,2% ga ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish